Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Vladimir Kozak AGMK futbolchisiga aylandi

Vladimir Kozak AGMK futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

AGMK yangi 2021 yilgi mavsumga har taraflama jiddiy hozirlik ko‘rishda davom etmoqda.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan olib borilayotgan seleksion ishlar natijasida jamoa navbatdagi transfer orqali tarkibni yanada shakllantirdi.

Bu gal jamoa tajribali futbolchi Vladimir Kozak bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Kozak erkin agent sifatida AGMK jamoasiga o‘tdi.

Vladimir Kozak 1993 yil 12 iyun kuni Namangan shahrida tavallud topgan. Futbolchi professional faoliyatini 2010 yildan e’tiboran "Paxtakor" jamoasida boshlagan va 11 mavsum davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan. Kozak faoliyati davomida jami 299 o‘yin o‘tkazib, 24ta golga mualliflik qilgan.

Kozakning maydondagi asosiy ampluasi markaziy yarim himoya hisoblanadi. Lekin universal futbolchi sifatida shakllangan iqtidor sohibi maydonning istalgan nuqtasida bir maromda o‘ynash qobiliyatiga ega. Kozak tayanch yoki markaziy yarim himoyadan tashqari qanot va markaziy himoyachi hamda kerak paytda hujumkor vinger rolida ham harakatlana oladi.

Kozak faoliyati davomida 5 karra O‘zbekiston chempioni va 3 karra O‘zbekiston kubogi sohibi hamda Liga kubogida zafar quchgan.

«Paxtakor»dagi 11 yillik faoliyatidan keyin muhitni almashtirgan Kozak AGMK jamoasiga o‘tganidan keyingi fikrlari bilan bo‘lishdi:

"Ko‘proq futbol o‘ynashni va AGMK bilan ham o‘zimni sinab ko‘rishni ma’qul topdim. Oldimda qator takliflar bo‘lishiga qaramasdan AGMKga o‘tishni lozim topdim. Ochig‘i, men pulni emas, balki futbolni tanladim. O‘ylaymanki, AGMKga jamoasi bilan OCHLda muvaffaqiyatli to‘p tepib, qator g‘alabalarga erishamiz. Bu yo‘lda yangi jamoamga qo‘limdan kelgan barcha yordamni ayamayman. Mirjalol Qosimov bilan birga ishlash menga yoqadi. Rahbariyat va murabbiylar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga hamda muxlislarni xursand etishga harakat qilaman. Xullas, AGMKda aytiladigan shiorga amal qilamiz: Biz Bu Biz! Olg‘a, AGMK».

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 09:45, 17.02.2021.
O'qildi: 2994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик