Kirish Ro'yxatdan o'tish

Futbolda omadi kelgan aka-ukalar

Futbolda omadi kelgan aka-ukalar

Baho:
+ | -

 

 

 

 

 

 

 

 

Jahon futboli tarixida ham aka-uka futbolchilar ko‘p bo‘lgan. Ba’zilari birgalikda, ba’zilari esa bir-biriga qarshi o‘ynashgan.

9. Ervin va Ronald Kuman

Gollandiya terma jamoasi bilan “Evro -1988″da g‘olib bo‘lishgan aka-ukalar, o‘z davrining mashhur o‘yinchilaridan bo‘lishgan. Kumanlar oilasida azaldan futbolga e’tibor kuchli bo‘lgan, chunki ularning otasi Martin Kuman ham maydonda himoyachi pozisiyasida harakat qilgan. Aka-uka Kumanlar ham Yevropaning ko‘zga ko‘ringan jamoalarida o‘ynagan. Ervin butun futbolchilik davrini Gollandiya chempionatidagi jamoalarda to‘p surgan. Akasidan ko‘ra kuchliroq jamoalarda faoliyat olib borgan Ronald Kataloniyaning «Barselona» klubiga 6 mavsum davomida yordam bergan. Hozirgi kunda Ervin ham, Ronald ham murabbiylik faoliyatini olib borishmoqda. Katta Kuman Ummon terma jamoasida ustozlik qilayotgan bo‘lsa, kichigi o‘zi o‘ynagan «Barselona» jamoasida murabbiylik vazifasida ishlab kelmoqda.

8. Gari va Fil Nevill

Angliyalik aka-ukalar Gari va Fil Nevill futbolchilik davrining eng yaxshi paytlarini «Manchester Yunayted» jamoasida o‘tkazgan. Ser Aleks Fergyusonning ishongan futbolchilaridan bo‘lgan bu aka-ukalar «Old Trafford»da muvaffaqiyatli davrni boshdan kechirgan. Bu futbolchilar birgalikda 7 ta kubokni qo‘lga kiritishgan (3 ta Angliya kubogi, 2 ta liga kubogi va 2 ta chempionlarlar ligasi oltin medallari). Gari butun futbolchilik davrini «mankunianlar» safida o‘tkazgan bo‘lsa, ukasi Fil keyinchalik «Everton» safiga ko‘chib o‘tgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so‘ng ikkisi ham murabbiylik sohasida o‘zini ko‘rsatishga harakat qilib kelmoqda. Gari Angliya terma jamoasi va Ispaniyaning «Valensiya» jamoalarini boshqargan bo‘lsa, Fil «Manchester Yunayted», «Valensiya»ni (yordamchi) boshqargan. Hozirdgi kunda esa Angliya ayollar jamoasini boshqarib kelmoqda.

7. Rafael va Tiago Alkantara


Aka-ukalar birdaniga «Barselona» e’tiboriga tushishadi. Alkantaralar oilasining bu ikki a’zosi ikki xil milliy terma jamoada o‘ynashadi. Tiago Ispaniyada, Rafael esa Braziliya milliy jamoasida o‘ynashga qaror qildi. «Barsa»dagi o‘yinlari biroz omadsiz kechgan, Tiago keyinchalik kataloniyaliklar safini tark etib, «Bavariya»ga o‘tishga qaror qiladi. Lekin, Rafael «Barsa»da qoldi, ammo «Selta Vigo» va «Inter» jamolariga ijaraga berib yuboriladi. Hozirgi kunda Parijning "PSJ" jamoasi a’zosi hisoblanadigan Rafa ancha yorqin o‘yin o‘tkazmoqda. Aka-ukalar medallar javonida La Liga va Bundesliganing bir nechta unvonlari, UYEFA Chempionlar Ligasining ikkitadan kubogi, bitta Olimpiada Oltin medali bor (Rafael).

6. Toni va Feliks Kroos


Germaniya va butun dunyoda Kroos familiyasi haqida gap ko‘proq «Real Madrid» yarim himoyachisi Toni hayolga keladi, lekin uning ukasi Feliksni ko‘pchilik tanimasa kerak. Germaniyaning «Ganza» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan, Feliks «Verder» va «Union Berlin» jamoalarida to‘p suradi. Germaniyaning turli yosh toifalaridagi jamoalarda o‘ynagan Feliks Germaniya milliy jamoasiga umuman chaqirilmagan. Akasi Toni Kross «Bavariya», «Bayer 04» jamoalarida o‘ynagan va hozirgi kunda Ispaniyaning «Real Madrid» jamoasining asosiy tarkib o‘yinchisi. Tonining medallar javonida Germaniya chempionligi, Ispaniya chempionligi, Chempionlar ligasi, UYEFA Super kubogi, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionligi kabi oltin medallar mavjud.

5. Kolo va Yaya Ture

Bu Afrikalik yulduzlar, qora qit’aning eng mashhur yulduzlaridan biri hisoblanadi. Turelar oilasining kattasi Kolo Ture , ham kichigi Yaya Ture ham maydonda himoyachi vazifasida to‘p surgan. «ASEK Mimozas» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan bu qondoshlar bir vaqtning o‘zida «Manchester Siti» jamoasida o‘ynagan. Keyinroq Kolo Angliyaning boshqa jamoasi «Liverpul» safiga ko‘chib o‘tgan. Ikki ak-uka ham Kot-d'Ivuar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Yaya ketma-ket to‘rt marta Afrikaning yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinishi haqida gap ketganda, akasiga nisbatan ancha muvaffaqiyatli davrni boshidan o‘tkazganini sezish mumkin. Ikkala aka-uka 2012 yilda «Manchester Siti»ni APLda chempion bo‘lishiga juda katta yordam bergan. 2015 yilda o‘z milliy jamoasi bilan Afrika millatlar kubogida zafar quchishgan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu aka-ukalar terma jamoa miqiyosida ham, klub miqiyosida ham ancha muvaffaqiyatga erishgan.

4. Eden va Torgan Azar

Azar ismi dunyo futbolida juda mashhur. Ushbu shuhratning aksariyati Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azar bilan bog‘liq. Ko‘pchilik, bu familiya bilan futbol o‘ynaydigan yana bir kishi borligini bilishmasa kerak. 2012 yilda Londonning «Chelsi» jamoasi bir vaqtning o‘zida aka-uka Eden va Torgan Azarni transferini e’lon qiladi. Londonliklar safida ancha omadli o‘ynagan Eden 245 uchrashuvda 85 ta gol urishga erishgan. Akasidan farqli Torgan o‘z omadini «Chelsi»da topmaydi. «Aristokratlar» safida birorta o‘yin o‘tkazmagan kichkina Azar 2015 yilda Gladbaxning «Borussiya» jamoasiga o‘tadi. Hozirda ham aka-ukalar ikki mamlakat chempionatida to‘p surishadi. Azarlarning kattasi Madridning «Real» jamoasida to‘p sursa, Torgan esa Germaniyaning «Borussiya Dortmund» jamoasida o‘ynab kelmoqda.

3. Paolo va Fabio Kannavaro

«Napoli» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan bu aka-ukalarni kattasining futbolchilik karerasi yorqinroq bo‘lgan. Chunki, himoyachi vazifasida o‘ynagan Fabio Italiyaning «Parma», «Inter», «Yuventus» hamda, Ispaniyaning «Real Madrid» jamoarida o‘ynagan, ukasi Paola bo‘lsa «Verona», «Sassuolo» kabi o‘rtamiyona jamoalarning a’zosi hisoblangan. Bundan tashqari Fabio A seriyaning «Yilning eng yaxshi futbolchisi» 2006 yilda u «Yilning eng yaxshi himoyachisi» kabi mukofatlarga sazovar bo‘lgan. Paolo, bo‘lsa «Verona»ga 2005 yilda UYEFA kubogining yarim finaliga chiqishiga yordam berdi, shuningdek, 2006 yilda «Napoli»ga yilda A seriyaga chiqishga, 2011 yilda UYEFA Chempionlar Ligasida qatnashishga yordam berdi. 2012 yilda «Napoli» bilan Italiya Kubogida g‘olib chiqib, klubning 20 yil ichidagi birinchi sovriniga ega chiqishiga ko‘maklashgan.

2. Frank va Ronald De Bur

 

Ushbu egizak futbolchilar uzoq vaqt birga, hatto turli klublarda, shu jumladan «Ayaks», «Barselona», «Reynjers», «Al-Rayyan» va «Al-SHamal» kabi jamoalarda birga o‘ynashgan. Ular ushbu ro‘yxatdagi eng mashhur futboldagi qondoshlardan biri hisoblanadi. Ikki aka-uka o‘z faoliyati davomida deyarli bir xil kubok oltin medallarini qo‘lga kiritishgan. «Ayaks» bilan 5 ta Erediviziya chempionligi, «Barselona» bilan 1 marta La Liga chempioni, UYEFA Chempionlar Ligasi kubogi, ketma-ket 3 marta Yoxan Kroyf kubogi va «Ayaks» bilan qit’alararo kubok, va Qatar amiri kubogi kabi chempionatlar oltin medali sohibiga aylanishgan. Ular boshqa-boshqa jamoalarda o‘ynaganda ham ko‘pgina sovrinlarga ega chiqishgan. Xususan, Frank «Ayaks» bilan birga 1992 yilda UYEFA kubogiga ega chiqqan. Ronald esa, «Reynjers» bilan Shotlandiya Premer-ligasi, Shotlandiya kubogi va Shotlandiya Ligasi kubogida zafar quchgan. Ko‘p sovrin, ajoyib aka-uka, chiroyli yakun. Murabbiylikda Ronald 2010/11 yillarda Qatar olimpiya jamoasini boshqargan, lekin hozirda hech qaysi terma jamoa va klubda ustozlik qilmaydi. Lekin, Frank «Ayaks», «Inter», «Kristal Pelas» kabi jamoalarda ishlagan. Hozirgi kunda esa, Gollandiya milliy terma jamoasi vaqtincha murabbiyi hisoblanadi.

1. Jerom va Kevin-Prins Boateng

Xuddi, aka-uka Alkantaralar kabi tur xil terma jamoa sharafini himoya qiladigan birodarlar Afrika qit’asida ham bor. Kevin-Prins Baoting Gana bayrog‘i ostida harakat qilsa, Jerom Germaniya terma jamoasining himoya qo‘rg‘onida harakat qiladi. Yana bir qiziqarli fakt. Bu aka-uka 2010 yilgi Jahon chempionati musobaqasida bir-biriga qarshi o‘ynagan. Ushbu bahsda Gana jamoasi germaniyaliklar ustidan 1:0 hisobida g‘olib bo‘lishgan. O‘yinni tomosha qilishga kelgan ularning oyisi esa, bir qo‘lida frikaliklar, bir qo‘lida nemislar bayrog‘ini ushlagancha bahsni kuzatgan. Kevin – Prins universal o‘yinchi. U juda ko‘p pozisiyalarda o‘ynaydi, hujumkor yarim himoyadan tortib, hujum va himoyachi sifatida sifatida ham o‘ynagan. Jerom, aksincha, markaziy himoyada o‘zini ancha erkin his qiladi. Ammo ba’zan, o‘ng qanot himoyada ham o‘ynashi mumkin. Bu aka-uka medallar javoni ham havas qilarli darajada.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:49, 18.02.2021.
O'qildi: 6002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.