Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Eldor Shomurodovga «Jenoa»dan tashqari Germaniya, Ispaniya va Belgiya klublaridan qiziqish bo‘lgani ma’lum qilindi

Eldor Shomurodovga «Jenoa»dan tashqari Germaniya, Ispaniya va Belgiya klublaridan qiziqish bo‘lgani ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov bilan hamkorlik qiladigan ProSports Management kompaniyasi direktori German Tkachenko Genuya klubining o‘zbekistonlik hujumchiga qanday e’tibor qaratganligi haqida gapirib berdi.

"Biz bunga rozi bo‘lgani uchun «Rostov»dan minnatdormiz. U (Eldor) eng yaxshi to‘purar edi, shu bois ular uni sotishni xohlamadi. Menga o‘zbekistonlik futbolchining A Seriyada o‘ynashi mo‘’jiza ekanligini aytishadi. Bu mo‘’jiza emas, balki katta va jiddiy ishdir.

U darhol chet elda o‘ynamoqchi ekanligini aytgandi. Osiyo Kubogidan keyin unga Xitoy va Qatardan qiziqishlar bo‘ldi, u to‘rtta gol urib, musobaqaning ikkinchi to‘purariga aylangandi. Garchi Osiyodagi takliflar moliyaviy jihatdan foydaliroq bo‘lsa-da, Eldor Yevropaga ketishni xohladi. Biz strategiya ishlab chiqdik va Rossiya chempionatini tanladik. Karpin (Valeriy Karpin «Rostov» bosh murabbiyi — «Daryo») u bilan taktik jihatdan juda ko‘p ishladi va Eldor muvaffaqiyatga erishdi.

Shomurodov ko‘plab gollar ura boshladi va skautlar unga e’tibor qaratdi. Biroq orada jarohat oldi va samaradorligi tushib ketdi, shunga qaramay qiziqishlar saqlanib qoldi. Yozdan beri bizga Bundesliga, ikkinchi Bundesliga (Germaniya chempionatining quyi ligasi), Ispaniyaning jiddiy klublari hamda Belgiya jamoalari «hujum» qila boshladi. Ular hujumchiga kerak bo‘lgan xususiyatlar to‘plamini tushunib yetgandi.

Dastlab Italiyadan «Sampdoriya» aloqaga chiqdi, bir haftadan so‘ng esa «Jenoa» paydo bo‘ldi. Ular («Jenoa») bilan muzokara olib borish oson emas, ammo «Rostov» buni uddalay oldi", — dedi German Tkachenko.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020 yilgi yozgi transfer oynasida «Rostov»dan genuyaliklar safiga yo‘l oldi. Eldor «Jenoa» safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:38, 18.02.2021.
O'qildi: 9916 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.