Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Yevropa Ligasi. «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» safarda yirik g‘alabaga erishdi, «Milan» so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan boy berdi

Yevropa Ligasi. «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» safarda yirik g‘alabaga erishdi, «Milan» so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan boy berdi

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasining 1/16 final bosqich dastlabki bahsidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 18 fevral, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Manchester Yunayted» Turinda «Real Sosyedad»ga qarshi bahs yuritdi. Inglizlarning yaqqol ustunligida o‘tgan uchrashuvda Brunu Fernandesh 27 va 57-daqiqalarda dubl qayd etdi. 64-daqiqada Markus Reshford «qizil iblislar»ning 3-golini kiritdi. Bahsning so‘nggi daqiqalarida Deniel Jeyms yakuniy nuqtani qo‘ydi — 0:4.

«Milan» Serbiyaning «Srvena Zvezda» jamoasi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda jangovar durang qayd etildi. Bellashuvning birinchi bo‘limi «Srvena Zvezda» a’zosi Radovan Pankovning avtogoli bilan yakunlandi. 52-daqiqada Gelor Kanga hisobni tenglashtirdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Teo Ernandes penaltidan aniq foydalangan holda Milan jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida serbiyalik futbolchi Milan Pavkov gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ushbu bosqichda «Tottenhem» Avstriyaning «Volfsberg» jamoasi bilan to‘qnash keldi. Bellashuvning 13-daqiqasida Son Hyon Min angliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 28-daqiqada Garet Beyl jamoasining ikkinchi golini urdi. 4 daqiqa o‘tib Lukas Moura hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. «Volfsberg» ushbu gollarga 55-daqiqada Mixail Lindlning yagona goli bilan javob qaytardi. Karlos Vinisius «Tottenhem»ning 4-golini 88-daqiqada kiritdi.

Mazkur qarama-qarshiliklarning javob uchrashuvlari 26 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yevropa ligasi, 1/16 final dastlabki bahslari
18 fevral, payshanba

«Real Sosyedad» Ispaniya — «Manchester Yunayted» Angliya 0:4
Gollar: 0:1 – 27 Brunu Fernandesh, 0:2 – 57 Brunu Fernandesh, 0:3 – 64 Reshford, 0:4 – 90 Jeyms.
«Real Sosyedad»: Remiro, Le Norman, Saldua (Gorosabel, 73), Monreal, Subeldiya, Merino, Silva, Yanuzay (Portu, 80), Ilyarramendi (Gevara, 74), Oyarsabal (Bautista, 86), Isak (Barrenechea, 80).
«Manchester Yunayted»: Henderson, Uan-Bissaka, Maguayr, Bayi, Telles, Fred, Jeyms, Maktominey (Matich, 60), Brunu Fernandesh (Mata, 83), Reshford (Marsyal, 68), Grinvud (Diallo, 83).
Ogohlantirishlar: Uan-Bissaka (8), Le Norman (88).

«Srvena Zvezda» Serbiya — «Milan» Italiya 2:2
Gollar: 0:1 – 42, avtogol Pankov, 1:1 – 52, penalti Kanga, 1:2 – 61, penalti Teo, 2:2 – 90 Pavkov.
«Srvena Zvezda»: Boryan, Rodich, Milunovich, Degenek, Gobelich (Gayich, 74), Ivanich (Bakayoko, 80), Kanga, Ben-Nabuan (Falko, 62), Petrovich (Sanogo, 81), Pankov, Falchinelli (Pavkov, 81).
«Milan»: Donnarumma, Romanyoli, Tomori, Kalulu, Teo (Diogu Dalot, 78), Bennaser (Tonali, 39), Krunich, Kastilyexo, Meyte, Rebich (Rafael Leau, 46), Manjukich (Chalxono‘g‘lu, 82).
Ogohlantirishlar: Romanyoli (51), Milunovich (54), Rodich (57), Manjukich (71), Donnarumma (90).
Chetlatish: Rodich (77).

«Volfsberg» Avstriya — «Tottenhem» Angliya 1:4
Gollar: 0:1 – 13 Son Hyon Min, 0:2 – 28 Beyl, 0:3 – 34 Lukas Moura, 1:3 – 55, penalti Lindl, 1:4 – 88 Vinisius.
«Volfsberg»: Kofler, Sherser, Lochoshvili, Novak (Pavelich, 81), Baumgartner, Lindl, Taferner (Henriksson, 46), Shprangler (Giorbelidze, 65), Vernisnig, Vizinger (Shtrasnig, 46), Yovelich (Deng, 65).
«Tottenhem»: Loris, Alderveyreld, Devis, Doerti, Dayer, Sissoko (Hyoybyerg, 78), Alli (Ndombele, 78), Beyl (Lamela, 64), Lukas Moura (Bergveyn, 65), Son Hyon Min (Vinisius, 46), Uinks.
Ogohlantirishlar: Alli (42), Sissoko (54), Shprangler (62), Hyoybyerg (81).

Benfika Portugaliya – Arsenal Angliya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 55, penalti Pissi, 1:1 – 57 Saka.
Benfika – Elton Leyte, Vertongen, Otamendi, Lukas (Shikinyu, 85), Grimaldo, Pissi (Everton, 64), Taarabt (Gabriel, 77), Diogu Gonsalvesh, Vaygl, Nunyes (Seferovich, 64), Valdshmidt (Rafa Silva, 46).
Arsenal – Leno, Gabriel, Belyerin, David Luiz, Soaresh (Tirni, 64), Djaka, Sebalyos (El-Nenni, 90), Saka, Edegor (Villian, 90), Smit-Rou (Martinelli, 77), Obameyang (Pepe, 77).

«Yang Boyz» Shveysariya — «Bayer» Germaniya 4:3
Gollar: 1:0 – 3 Fassnaxt, 2:0 – 19 Sebasho, 3:0 – 44 Elia, 3:1 – 49 Shik, 3:2 – 52 Shik, 3:3 – 68 Diabi, 4:3 – 89 Sebasho.

«Olimpiakos» Gresiya – PSV Niderlandiya 4:2
Gollar: 1:0 – 9 Buxalakis, 1:1 – 14 Zaxavi, 2:1 – 37 Mvila, 2:2 – 39 Zaxavi, 3:2 – 45 al-Arabi, 4:2 – 83 Masuras.

«Slaviya» Chexiya — «Lester» Angliya 0:0

«Braga» Portugaliya – «Roma» Italiya 0:2
Gollar: 0:1 – 5 Jeko, 0:2 – 86 Mayoral.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:08, 19.02.2021.
O'qildi: 4411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.