Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ikrom Aliboyev ham operasiya qilinadi

Ikrom Aliboyev ham operasiya qilinadi

Baho:
+ | -

Yana bir futbolchimiz – Ikrom Aliboyev jarrohlik stoliga yotadigan bo‘ldi. Uni anchadan beri bezovta qilib, jamoasida muqim o‘ynashiga bermayotgan chov sohasidagi og‘riqqa sabab bo‘layotgan omilni bartaraf etishning so‘nggi chorasi operasiya bo‘lib qoldi. Bunday paytda operasiyani qayerda va kimga qildirish haqida professional futbolchi ming o‘lchab bir kesadi. Ikrom ham shunday qildi va u kecha Germaniyaga uchib ketdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosining jarrohlik stoliga yotishidan tashqari ko‘nglimni xira qilayotgan yana bir jihat: u barcha xarajatlarni o‘z cho‘ntagidan sarflamoqda: operasiya, aviachipta va h. Men yurist emasman va Ikromning kontrakti bilan ham tanish emasman, ammo qanday vaziyat bo‘lmasin u to‘p surayotgan jamoa hamyurtimizning aynan o‘yin va mashg‘ulotlar mahali orttirgan tibbiy muammosini hal etishda javobgar ekanligi aniq (kuni kecha futbolchilar uyushmasi raisi Kamol Murzoyev bilan ham shu masalada fikr almashdik).

Bu borada masalaga oydinlik kiritilar, asosiysi, hamyurtimiz jarrrohlik muolajasini muvaffaqiyatli o‘tkazib olsa bo‘lgani...

Abror Pirriyev
O‘zbekiston terma jamoasi shifokori

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 12:20, 20.02.2021.
O'qildi: 3082 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.