Germaniya chempionatining 22-turi doirasida Dortmundning "Borussiya" klubi safarda "Shalke" klubi mehmoni bo‘lib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dortmundliklar forvardi Erling Xoland dublga erishdi. Norvegiyalik futbolchi o‘zining dastlabki golini akrobatik uslubdagi zarba bilan urdi.