Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

APL. Tezkor gol «Manchester Siti»ga «Arsenal» ustidan g‘alaba keltirdi

APL. Tezkor gol «Manchester Siti»ga «Arsenal» ustidan g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 25-turi doirasida «Arsenal» o‘z «Manchester Siti»ni qabul qilib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq mehmonlar Rahim Sterling tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Sterling hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi, ammo u yaqin masofadan darvozani ishg‘ol eta olmadi.

Taym tugashi arafasida "kanonirlar" hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi, ammo Belyerinning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha ustunlik "shaharliklar" tomonida bo‘ldi, ammo gol urishga ularga nasib etmadi va hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Manchester Siti" o‘z ochkolarini 59taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. "Arsenal" esa 34 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.

Angliya chempionati, 25-tur
Arsenal – Manchester Siti 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 2 Sterling.
Arsenal – Leno, Tirni, Xolding (David Luiz, 82), Mari, Belyerin, El-Nenni (Sebalyos, 86), Edegor (Lyakazett, 73), Saka, Jaka, Pepe (Smit-Rou, 73), Obameyang.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, de Bryuyne (Gabriel Jezus, 63), Fernandinyo, Marez, Gyundogan, Sterling, Bernardu Silva.
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (51), Jaka (53), Joau Kanselu (64), Belyerin (87).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:31, 21.02.2021.
O'qildi: 2535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик