Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Tuxel uchun jiddiy sinov. Nemislashgan "Chelsi", yaxlit va barqaror "Atletiko"ga qarshi

Tuxel uchun jiddiy sinov. Nemislashgan "Chelsi", yaxlit va barqaror "Atletiko"ga qarshi

Baho:
+ | -

 

Bugun, seshanba oqshomida Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan markaziy bahs Ruminiyada, Buxarestdagi «Nasional» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Unda, bugungi o‘yinda rasmiy mezbon maqomidagi “Atletiko Madrid“ hamda, “Chelsi“ jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

"Atletiko"

Mavsum avvalini yuqori tempda boshlagan madridlik bugunga kelib La Liga jilovini biroz wo‘ldan boy berayotgan tuyulmoqda. Ayni paytda, “matraschilar“ musobaqa jadvalida 55 ochko bilan peshqadam qilayotgan bo‘lishsada, ta’qibchilar bilan o‘rtadagi tafovut unchalik ham katta emas. Diyego Simyone shogirdlari so‘nggi 5 o‘yinning ikkitasida g‘alaba qozonishdi xolos.

Qolganlarida esa, 2 durang 1 mag‘lubiyat qayd etishdi. Shuningdek jamoa ketma-ket yettita uchrashuvdan buyon o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lmoqda.
Madrid jamoasi Buxarestga tarkibdagi sezirarli yo‘qotishlar bilan yo‘l olgan.

Oyoq va uning son qismidagi jarohatlar sabab, Vrsalko, Karrasko va Ximenezlar, koronavirus bilan kassallanish tufayli Errera va futbol gaplari tufayli diskvalifikasiyaga uchragan Trippyerlar bugun “Chelsi“ ga qarshi o‘yin o‘tkazib yuborishadi.


Ko‘ramiz, “Atletiko Madrid“, ichki chempionatdagi kayfiyat va tarkibdagi yuqotishlarning YECHL o‘yinlariga tasirini qanchalik ijobiy tomonga o‘zgartirib yubora olar ekan?

Tomonlar, UYEFA turkumiga kiruvchi musobaqalarda jami 7 marotaba ro‘baru kelishgan bo‘lib shundan, ikkitasida London klubining quli baland kelgan bo‘lsa, ikkitasida Madrid jamoasi zafar quchgan. 3 uchrashuv esa durang bilan yakun topgan.

"Chelsi"

Tomas Tuxel «Chelsi» bosh murabbiyi sifatida turnirdagi debyutini La Liga peshqadamiga qarshi o‘tkazadi. Mutaxassis ushbu mavsum YECHL doirasida ishtirokini o‘z boshqaruvidagi ikkinchi jamoa bilan davom ettiradi. Bundan avval germaniyalik mutaxassis «PSJ»ni ushbu bosqichga olib chiqqan edi.

Oradan ikki oy o‘tgach esa u London jamoasi bilan nimchorak finalda ko‘rinish beradi. “Chelsi“ning murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuz berganidan so‘ng, shunga hammohang tarzda natijalar ham o‘z maromiga tushib bormoqda. 5 Tuxel murabbiyligidagi 5 g‘alaba va 2 durang, jami 7 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya.

APL turnir jadvalida esa hozircha, 43 ochko bilan oltinchi o‘rin, umumiy olganda chakki emas. “Aristokratlar“ chempionlik poygasida yo‘q bo‘lishsada, sovrinli o‘rinlar uchun jiddiy da’vo qilishlari, shubhasiz. Ustiga-ustak bir qancha kutilgan, katta xaridlar bilan. Biroq, Chempionlar Ligasi boshqa darajadagi turnir.

Ayniqsa, raqib “Atletiko“ bo‘lsa. Tuxelda tarkib borasida deyarli muammolar mavjud emas. “Tottenhem“ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, tiklanishga ulgurmagan Tiago Silvaning o‘rnini Rudiger hamda Kristensonlar munosib egallab kelishmoqda.

Aslini olganda, nemis mutaxassisi boshchiligidagi londonliklar qarshi o‘ynagan 7 jamoadan birini ya’ni, “Tottenhem“ni jiddiy raqib sifatida aytmaganda, qolgan jamoalar(“Byornli“, “Vulverhempton“, “Sheffild Yunayted“, “Soutgempton“) APLning o‘rtamiyona klublari ekanligini hisobga olib shuni aytish joizki, Tuxel uchun haqiqiy sinov endi boshlanmoqda...
Oldinda “Liverpul“, “Manchester Yunayted“ va “Everton“ga qarshi APLning murosasiz bahslari, YECHL safarida esa dastlab, “Atletiko“ga qarshi o‘yinlar o‘z navbatini kutib turibdi.

Murabbiylar fikrlari

Diyego Simeone(Atletiko): “Tuxel qo‘l ostida jamoa uslubida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgani ancha sezildi. Ijrochilar ham o‘zlarini yaxshi his etishmoqda. Shuningdek, “Chelsi“da anchayin tajribali darvozabon ham mavjud va bu bizning hujumdagi ishlarimizni qiyinlashtirishi turgan gap.
Biroq, bizda Suares bor va buni ortiqcha o‘ylamaymiz. Raqib bizning o‘yin sxemamizni balki yaxshi bilar. Ammo, biz uslubimizni o‘zgartirmoqchi emasmiz“

Tomas Tuxel(Chelsi): “Bu biz uchun katta muammo. “Atletiko“ yuqori darajadagi katta jamoa. Shu bilan birga tajribali murabbiyga ham ega. Umid qilamanki, ushbu uchrashuvda biz eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etamiz. Biz o‘z uslubimizda o‘ynaymiz, ular esa o‘zlariga xos tarzda. “Atletiko“ haqiqiy kurash, tajriba, kuchli psixologiyaga ega raqib“

Alohida nomlar

Nafaqat ushbu mavsum balki, so‘nggi vaqtlarda o‘z jamoasining ham oldingi chiziqda ham maydon markazida tayanchi va yetakchisiga aylanib ulgurgan ikki futbolchi bu Meyson Maunt hamda Markus Lyorentidir.

Angliyalik yosh iqtidor egasi joriy mavsum “Chelsi“ning eng muhim figuralaridan biri hisoblanadi. O‘yinning qurilishi, maydon markazidagi faollik, to‘p nazorati va xavfli vaziyatlar yaratish aynan uning maydondagi harakatlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Angliyalik yosh iqtidor egasi joriy mavsum “Chelsi“ bilan birga 33 o‘yin o‘tkazib, 5 gol va 6 golli uzatma muallifiga aylangan.

Markus Lyorente ham tobora bosh murabbiyning eng asosiy futbolchilaridan biriga aylanib bormoqda. Ispaniyalik futbolchi hujum tashkil etish, maydon markazidan raqib jarima maydoniga yorib kirish, aniq uzatmalar amalga oshirish, 14 hududda golli vaziyatlarni his etish va ulardan maksimum unumli foydalanishda ancha yuqori o‘sishga erishgan. Mahsuldorlik ham shunga yarasha, madridliklar bilan jami 29 o‘yinda 9 gol, 8 assist.

Boshlang‘ich tarkiblar

“Atletiko“: – Oblak, Lyorente, Savich, Felipe, Ermoso, Korrea, Koke, Saul, Lemar, Joau Feliks, Lius Suares

“Chelsi“: – Mendi, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Alonso, Maunt, Jorjinyo, Kovachich, Xadson-Odoi, Verner, Jiru

Afsus, hozir o‘yingohning bir tomoni ko‘k, bir tomoni qizil rang bilan qoplanadigan payt emasda, ammo, nachora siz-u biz jangari filmlarda ko‘radigan "olishuvlar" manzili bugun «Nasional» bo‘lishiga umid bog‘laymiz.

 

Dadajon Foziljonov tayerladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:57, 23.02.2021.
O'qildi: 2389 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.