Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Temur Kapadze: «Olimpik»ning maqsadlaridan biri Superligaga yo‘llanma olish

Temur Kapadze: «Olimpik»ning maqsadlaridan biri Superligaga yo‘llanma olish

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bazasida tashkil etilgan «Olimpik» klubi bosh murabbiyi Temur Kapadze «Futbol +» dasturida jamoaning tashkil etilishi va undan ko‘zlangan maqsadlar haqida fikr yuritdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, klub terma jamoa futbolchilarini to‘liq qamrab olmaydi va yetakchi o‘yinchilar o‘z jamoasida to‘p suraveradi. «Olimpik» jamoasiga Superliga va Pro-Liga klublarining o‘rinbosarlar tarkibida qolib ketayotgan futbolchilar jalb qilinmoqda. Ya’ni, o‘z jamoasi asosiy tarkibida to‘p suradigan yetakchi futbolchilar «Olimpik»da o‘ynamaydi.

Shuningdek, o‘z klubi bilan amaldagi shartnomaga ega futbolchilar ijara asosida «Olimpik»da to‘p suradi.

Kapadzening ta’kidlashicha, jamoa o‘z oldida Pro-Ligada yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritish maqsadini qo‘ygan, biroq bu birinchi darajali vazifa emas

«Natijaga e’tibor qilish kerak, bu intilish uchun ham kerak. Ammo Superligaga chiqa olmasak, bu katta fojia bo‘lmaydi. Rahbariyat ham oliy divizionga chiqishga harakat qilishimiz kerakligini aytmoqda. Bu normal holat, rahbariyat bu vazifani qo‘ymasa, men qo‘yaman. Yigitlarda intilish bo‘ladi, bu o‘sishga yordam beradi», — deydi Kapadze.

Eslatib o‘tamiz, Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) taklifi bilan «Olimpik» klubi tashkil qilindi va klub 2021 yilgi mavsumdan boshlab Pro-Ligada ishtirok etishini belgilandi. Ushbu jamoada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar harakat qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:00, 24.02.2021.
O'qildi: 4522 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.