Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

AGMK Belarus klubi bilan nazorat bahsida durang o‘ynadi

AGMK Belarus klubi bilan nazorat bahsida durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan AGMK  bugun navbatdagi nazorat bellashuvida maydonga tushdi.

Belarusning "Torpedo-Belaz" jamoasi bilan kechgan ikkinchi uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi.

Birinchi bo‘lim olmaliqliklar ustunligida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi taymda belarusliklar tajovuzkorlikni oshirishdi.

Dastlabki golni AGMK kombinasion hujumdan so‘ng urdi. Bu vaziyatda Tursunovning uzatmasini Kasyan golga aylantirdi. Tanaffusdan keyin raqib jamoa vakillari Makarov va Kuxarchik ketma-ket gollar urib, "Torpedo Belaz"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng yana tashabbuskorlikni qo‘lga olgan AGMK G‘ofurov qanotidan hujumlarni oshirdi. Aynan Husniddin G‘ofurovning qanotdan yorib kirishi jarayonida raqib unga nisbatan qoidani buzdi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini esa G‘ofurov golga aylantirib, uchrashuvda muvozanatni tikladi.

O‘yin tugashiga yaqin esa Ablayev va Jo‘rayev ajoyib tarzda raqib jarima maydoniga yorib kirishdi. Biroq Jo‘rayevning yakuniy zarbasi kuchsiz chiqqani tufayli raqib posboni Yevgeniy Abramovich to‘pni qiyinchiliksiz ushlab oldi. Aks holda o‘yin AGMK jamoasining irodali g‘alabasi bilan yakunlanardi.

Shu tariqa, AGMK Antaliyadagi yig‘in doirasidagi to‘rtinchi o‘yinni durang bilan tugatdi.

Yig‘in doirasidagi yakuniy oxirgi nazorat uchrashuvi esa 26 fevral kuni Qozog‘istonning "Jetisu" jamoasiga qarshi kechadi.

Nazorat o‘yini.
24 fevral, chorshanba.
AGMK - "Torpedo Belaz" - 2:2
Gollar: Kasyan (16), G‘ofurov (76) - Makarov (55), Kuxarchik (62).
AGMK — Sultonov - Sulaymonov, Otaxonov, Kozak, Jalolov - Jokich, Qosimov, Jo‘rayev - Tursunov, Kasyan, Toshmatov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ahmadaliyev, Umarov, Rahmonov, Komilov, Ablayev, Shoahmedov, G‘ofurov, Abdulhamidov, Polvonov.
"Torpedo Belaz" — Aleksey Kozlov, Igor Burno, Vitaliy Ustinov, Alan Aussi, Samyuel Odeoibo, Andrey Xachaturyan, Nikita Nikolayevich, Yuriy Gabovda, Aleksey Antilevskiy, Dmitriy Antilevskiy, Kirill Kirilenko.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Yevgeniy Abramovich, Ernest Astaxov, Denis Grujeskiy, Dmitriy Yashin, Kirill Premudrov, Yuriy Pavlyukoves, Mateus Monteyru, Anatoliy Makarov, Mixail Afanasyev. Kirill Leonovich, Ilya Kuxarchik, Pavel Klenyo.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 20:42, 24.02.2021.
O'qildi: 2707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик