Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Arteta uchun navbatdagi sinov yoxud "Arsenal" "Lester" maydoniga safar qiladi (prevyu)

Arteta uchun navbatdagi sinov yoxud "Arsenal" "Lester" maydoniga safar qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun, aniqrog‘i Toshkent vaqti bilan 17:00da Angliya Premer Ligasi doirasidagi markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lgan «Lester» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilikka guvoh bo‘lamiz. «King Pauver» stadionida o‘tadigan mazkur uchrashuvga ikki jamoa, har xil kayfiyatda yetib kelgan. Chunki har ikkala jamoa ham hafta o‘rtalarida Yevropa Ligasi doirasidagi uchrashuvlarini o‘tkazishdi. «Tulkilar» o‘z maydonida Chexiyaning «Slaviya Praga» jamoasini qabul qilib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani erta tark etdishgan bo‘lsa, «kononirlar»lar Londonda Portugaliyaning «Benfika» jamoasi bilan bo‘lgan qarama-qarshilikda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur jamoalarning, bugungi uchrashuvi ham murosasiz o‘tishiga shubha yo‘q. Hozir biz sizlarga, mazkur jamoalar haqidagi yangiliklar, yo‘qotishlar hamda ehtimoliy tarkiblar haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.


«Lester»


«Lester» jamoasi joriy yilgi xalqaro maydonlarda omadsiz ishtirok etishgan bo‘lsada, Angliya Premer Ligasi musobaqasida Brendan Rojers shogirdlari ajoyib o‘yin namoyish etishmoqda. «Tulkilar» hozirgacha ichki chempionatda 25 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 49 ochkoni yozdirib qo‘yishgan va jadvalda 3-o‘rindan joy olgan. «Lester» agar bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonsa, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib olish ehtimoli yuqori. Chunki, ayni paytda ikkinchi pog‘onada joylashgan «Manchester Yunayted» bugun Londonga safar uyushtirib, «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsda manchesterliklarning ochko yo‘qotishi yuqoriligini hisobga olsak, bugungi bahsdagi g‘alaba «tulkilar»ning turnir jadvalidagi o‘rniga ta’sir etmasdan qolmaydi. «Lester» ushbu mavsumda raqiblari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ularga jiddiy qarshilik ko‘rsatib kelmoqda. O‘z maydonida kechgan «Chelsi», «Liverpul» kabi jamoalarni ham mag‘lubiyatga uchratgani ham «Lester»ning kuchidan dalolat berib turadi. O‘tgan turda ham Rojers shogirdlari «Aston Villa» maydoniga safar uyushtirib, 2:1 hisobida g‘alaba bilan ortga qaytishdi. Ushbu bahsning 19-daqiqasida Jeyms Meddison hisobni ochgan bo‘lsa, shundan bir necha daqiqa o‘tib, Xarvi Barns hisobdagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. Raqib jamoadan esa, Bertran Traore bitta gol bilan javob qaytardi. Mazkur bahs haqida biroz to‘xtaladigan bo‘lsak, maydonda teng kurashlar ostida kurash kechdi, ammo «tulkilar»ning yaratgan vaziyatlaridan mohirona tarzda foydalanib ketishi, yakunda jamoaning 3 ochko bilan ortga qaytib ketishiga zamin yaratdi.  "Arsenal"ga qarshi bahs avvalida «Lester»da tarkib borasida bir nechta jiddiy yo‘qotishlar bor. "Tulkilar"ning bugungi uchrashuvini Jeyms Jastin, Jeyms Meddison, Ayoze Peres kabi o‘yinchilar o‘tkazib yuborishadi. Ayniqsa, Meddissonning yo‘qligi jamoaning minus tomoniga ishlashi mumkin. Angliyalik futbolchi nafaqat maydon markazidagi yetakchi o‘yinchi, balki goleadorlik qobiliyati bilan ham «tulkilar»ga yordam berib kelmoqda.

 

«Arsenal»


«Arsenal» jamoasi joriy yilgi mavsumda juda ishonchsiz o‘yin namoyish etishmoqda. Mavsum avvalida, Mikel Arteta jamoani nafaqat Chempionlar Ligasiga qatnashadigan o‘rinlarga chiqarishi, balki londonliklarni o‘yinini ham yaxshi tomonga o‘zgartirishi talab etilardi. Ammo, klub ichki chempionatda haligacha o‘z o‘rinini topib ulgurmagan. Ayni paytda «Arsenal» Angliya Premer Ligasida 25 o‘yinda 34 ochko jamg‘arib, jadvalda 11-pog‘onadan joy olgan. O‘tgan turda ham «Emireyts»da «Manchester Siti» jamoasini qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Ushbu bahsada «to‘pchilar» raqibiga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. Uchrashuv davomida bor yo‘g‘i, bir marta aniq zarba yo‘llashgan bo‘lsa, to‘pni nazorat qilish borasida ham ortda qolishdi. Umuman olganda joriy yilgi mavsumda Arteta shogirdlarining gol urishi muammo bo‘lib kelmoqda. Mavsum davomida londonliklar 31 marta gol urib, o‘z darvozasidan 26 marta to‘p olib chiqishgan. Bu holat esa, yetakchi «Manchester Siti»dan 21ta kam gol urganini ko‘rsatadi. Jamoaning himoyadagi ahvoli ham yaxshi emas, «kononirlar»ning Luiz va Gabriyel juftligidan tashkil topgan markaziy himoya juftligi har doim ham o‘zini oqlamayapti. «Arsenal» APLning so‘nggi 5 uchrashuvining 4tasida ochko yo‘qotishdi. Ayniqsa, «to‘pchilar»ning «ajoyib» himoyasi «Vulverxempton»ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatdi (1:2). David Luiz va Bernd Leno chetlatilishi, «kononirlar»ga ancha qimmatga tushdi. Shuningdek, braziliyalik himoyachi bir penaltiga ham sababchi bo‘lib qoldi. Qolaversa, 23-tur doirasida «Aston Villa»ga qarshi uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lishdi. «Arsenal» mazkur jamoaga qarshi oxirgi uch bahsdan beri mag‘lub bo‘lib kelmoqda va ushbu bahslarda ularning darvozasiga gol ham urola olmay kelib, noxush an’ana davom ettirishmoqda. Shuningdek, so‘ngi 6 uchrashuvda ham o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmayotgani ham Arteta uchun yechilmas muammo bo‘lib kelmoqda. Bugungi bahsda «Arsenal» jamoasida yo‘qotishlar bilan bog‘liq muammo yo‘q. Faqatgina, Rob Xoldingni maydonga tushishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Ehtimoliy tarkiblar


«Lester» (4-5-1): Shmeyxel, Kastan, Syoyunchi, Evans, Pereyra, Barns, Mendi, Tilemans, Olbrayton, Ndidi, Vardi

«Arsenal» (4-2-3-1):
Leno, Bellerin, Luiz, Gabriyel, Tirni, Parti, Jaka, Saka, Edegor, Smit-Rou, Obameyang.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, ushbu bahs haqiqatdan ham qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q, chunki «Lester» uchinchi pog‘onadagi o‘rnini mustahkamlab olib, ikkinchi o‘rin uchun harakat qilayotgan bo‘lsa, «Arsenal» jamoasi esa hech bo‘lmasa Yevropa Ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradi. Shuning uchun ham mazkur uchrashuning qiymati yuqori darajada deb aytish mumkin. Qolaversa, «Arsenal» uchun har qanday mag‘lubiyat jamoa bosh murabbiyining istefosiga sabab bo‘lishi mumkin.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 14:30, 28.02.2021.
O'qildi: 3438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.