Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Prevyu: AGMK – “Lokomotiv”

Prevyu: AGMK – “Lokomotiv”

Baho:
+ | -

Superliganing 1-tur uchrashuvi AGMK - "Lokomotiv" qarama-qarshiligiga bag‘ishlangan o‘yinoldi prevyuni taqdim etamiz.

Joriy yildan e’tiboran "Lokomotiv" jamoasi ruliga portugaliyalik mutaxassis Mikael Sikeyra keldi. Tarkib ham tubdan o‘zgardi va yaxshi ijrochilar taklif etildi.

Xususan darvozabon Abdumavlon Abdulajalilov, himoyachilar Xurshid Muxtorov, Islom Qobilov, ispaniyalik Bardanka, yarim himoyachilar Sanjar Qodirqulov, Islom Rashidxonov, Javohir Sidiqov keldi. Jamoaga Sadriddin Abdullayev ham ma’lum tanaffusdan keyin qaytarildi.

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoamiz ham seleksiya ishlarini faol tarzda olib bordi va tarkibni yanada shakllantirishga hamda yoshartirishga erishdi.

Jamoaga darvozabon Botirali Ergashev, himoyachilar Abbos Otaxonov, Akrom Komilov, Dilshod Ahmadaliyev, yarim himoyachilar Vladimir Kozak, Shohruh Gadoyev, Sanjar Shoahmedov, gollandiyalik hujumkor vinger Elvin Fortes va ukrainalik hujumchi Aleksandr Kasyan kelib qo‘shildi.

Har ikkala jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk qismini Toshkentda o‘tkazdi va taraddudning hal qiluvchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida ikki haftalik yig‘in bilan yakunladi.

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, o‘tkazilgan jami 27 o‘yinda "Lokomotiv" 17 g‘alabani tantana qilgan, AGMK esa 6 marotaba "temiryo‘lchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 4 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati: 52-33, "Lokomotiv" foydasiga.

AGMK 2008 yildan e’tiboran mamlakat birinchiligida ishtirok etib kelmoqda. Jamoamiz O‘zbekiston chempionatlari doirasida o‘tkazilgan jami 364 o‘yinda 132 g‘alaba, 77 durang va 155 mag‘lubiyat qayd etgan. AGMK jamoasining milliy chempionatdagi kiritgan to‘plari soni 503taga yetgan. AGMK jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar futbolchi Zafar Polvonov sanaladi. Polvonov jamoamiz libosida 164 o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 56 marotaba yo‘l topgan.

Superliga, 1-tur.
9 mart, seshanba
AGMK — «Lokomotiv» (18:30)
OKMK sport majmuasi.
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, G‘ayrat Jo‘rayev
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Alisher Fayziyev

Shavkat Nasibullayev uchinchi marotaba jamoamiz ishtirokida uchrashuvda bosh hakamlik qiladi. Bunga qadar Nasibullayev boshqargan Liga kubogi doirasidagi «Bunyodkor»ga qarshi bahsda AGMK g‘alaba qozongan bo‘lsa, chempionat doirasidagi «Metallurg» bilan bo‘lgan o‘yinda bekobodliklar g‘alaba qozongan. Demak Nasibullayev boshqargan uchrashuvlarda AGMK 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 07:54, 08.03.2021.
O'qildi: 2295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.