Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Buzilgan an’analar va kelajakka umid. "Barselona"da o‘zgarishlar davri

Buzilgan an’analar va kelajakka umid. "Barselona"da o‘zgarishlar davri

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan "Barselona" 2007 yildan buyon birinchi marta 1\4 final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Umuman olganda, "ko‘k-anorranglilar" bu mavsumda juda ko‘p anti rekordlar qayd etdi va jamoaning muvaffaqiyatsizliklari darajasi o‘zining eng so‘nggi bosqichiga yetib keldi. Katta extimol bilan, endi jamoada katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Bunga bir qancha sabablar bor.

Joan Laporta

"Barselona"ning yangi prezidenti bo‘lmish Joan Laportadan klub muhlislarining umidlari katta. Kataloniyaliklar undan shonli onlarni qaytarishini kutmoqda. Umuman olganda, uning tajribasi va darajasi yuqori. Laporta "Yangi Barselona"ni qurishni allaqachon boshlab yubordi. Joan bir qancha tajribali futbolchilarni taklif etib, jamoaning yaqin yillardagi muvaffaqiyatini ta’minlashni niyat qilgan. Aguero va Alaba bunga bir misol. Shuningdek, u Xoland, Garsiya va yana bir qator yosh iqtidorlarni ham jamoaga jalb qilish niyatida. Bu esa kelajak uchun poydevor. Eng asosiysi, klub faqat futbolchilarni o‘zgartirish bilan cheklanib qolmayapti, muhimi, klubda qarashlar va mexanizm o‘zgarish arafasida. Messinig jamoada qolishi ham tobora oydinlashib bormoqda. 58 yoshli klub prezidenti Leoni jamoada olib qola olsa, bu klubning yaqin yillardagi muvvaffaqiyatlari uchun muhim faktor bo‘lar edi.

Lionel Messi

Yil sayin "Barselona"dagi o‘rni kattarib borayotgan Messi jamoaning ayni dam yuragi hisoblanadi. U klub uchun ko‘p narsa qildi, hamon qilib kelyapti. Unga "PSJ" va "Manchester Siti" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi esa hali kelajagi borasida qaror qabul qilmadi. Agar qandaydir burilish bo‘lmasa, Messi jamoada qoladi va "Yangi Barselona"ni qurishda bevosita ishtirok etadi. Argentinalik hamon klubda tengsiz ahamiyatga ega va kelasi mavsumlarda ham uni "ko‘k-anorranglilar" libosida ko‘rishimiz mumkin.

Yosh iqtidorlar

"Barselona" jamoasi bu mavsumda avvalgilariga nisbatan ancha yoshardi. Jamoada Fati, Pedri, Moriba, Arauxo, Dest, Puch, Trinkau kabi yosh futbolchilar harakat qilmoqda. Bu iste’dodlar yaqin vaqtlar ichida klub kelajagi bo‘lishi kutilyapti. Bu yosh iqtidor egalarining aksari allaqachon jamoada muxim futbolchilarga aylanib ulgurdi. Bu jihatdan jamoa to‘g‘ri yo‘lni tanlagan.

Ronald Kuman

Shon-shuhratdan o‘zini "olov ichiga otgan" murabbiy umuman olganda jamoani yomon boshqarmayapti. Jamoa o‘yinida rang-baranglik va yaxlit bir tizim mavjud. Kadrlar masalasida esa unga ko‘p ham imkoniyat berilmadi. Murabbiy potensiali anchagina yuqori va u uzoqni ko‘zlovchilar sirasiga kiradi. Agar Kuman jamoada qolsa, biror natija qayd eta olishi mumkin. Xar holda, u shunday bir qiyin davrda "Barselona" murabbiyi bo‘lishdan cho‘chimadi. Qiyin kunlarda shu yerda bo‘lgan insonga imkoniyat berilsa, bu adolatli qaror bo‘lar edi.

Inqirozli holatdan chiqib, yana kuchli klubga aylanish uchun jamoada barchasi yetarli. Iqtidorli va tajribali futbolchilar, yaxshi murabbiy va o‘zoqni ko‘ra oluvchi prezident. Yaqin vaqtlar ichida Yevropada qudratli "Barselona"ni ko‘rishimiz mumkin. Harakat va g‘oyalar bor. Amalda natijalar qanday bo‘lishi yaqin yillar ichida namoyon bo‘ladi. 

                                                                                                                    Xudayqulov KARIM

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:06, 15.03.2021.
O'qildi: 6061 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.