Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

O‘zbekiston MTJ yig‘iniga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxatida o‘zgarish

O‘zbekiston MTJ yig‘iniga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxatida o‘zgarish

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 22-30 mart oralig‘idagi FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in davomida vakillarimiz Gana va Iroq bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Terma jamoaga chaqirilgan bir necha nafar futbolchi Superliga bahslarida o‘z klubi safida jarohat olganligi sababli, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Eldorbek Suyunov, Yegor Krimets, Hojiakbar Alijonov, Lutfulla To‘rayev, Sardor Sobirxo‘jayev, Abrorbek Ismoilov, Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga murabbiylar shtabi Milliy jamoamiz safiga Iskandar Shayqulov («So‘g‘diyona»), Anzur Ismoilov («Paxtakor») va Javoxir Qaxramonovni («So‘g‘diyona») jalb etildi.

Shuningdek, MTJ murabbiylar shtabida ham o‘zgarish ro‘y berdi. Anvar G‘ofurov yordamchi murabbiy sifatida Vadim Abramovga ko‘maklashib boradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ertaga terma jamoamiz «Paxtakor» stadionida to‘liq tarkib bilan mashg‘ulotlarga kirishadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:55, 21.03.2021.
O'qildi: 7956 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик