Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Jasur Abduraimov: «O‘zbekistonga o‘rtamiyona legioner kerak emas»

Jasur Abduraimov: «O‘zbekistonga o‘rtamiyona legioner kerak emas»

Baho:
+ | -

Superliga 3-turidan o‘rin egallagan "Mash’al" – "Metallurg" (2:1) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida.
— Yigitlarning bugungi o‘yini menga yoqdi. Ko‘plab hujumlar tashkil etdik. O‘ylashimcha, o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi darvozabon bo‘ldi. Menda o‘yinchilarga nisbatan e’tiroz yo‘q. Birinchi golni standartdan o‘tkazib yuborgan bo‘lsak, ikkinchi gol futbolchining mahorati evaziga urildi. Hali ko‘p ishlashimiz kerak. Xudo xohlasa hujumkor o‘yin ko‘rsatamiz.

— O‘tgan tur qahramoni Shahzod Nurmatov maydonda ko‘rinish bermadi. Uning holati qay ahvolda?
— U jarohatlangan va 4 yoki 5 kunda safga qaytadi.

— Bugun "Metallurg" g‘alaba qozonishi uchun jamoaga nima yetishmadi?
— Vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, 4-5 ta yuz foizlik holatlar sodir etildi, ozgina mahorat yetishmadi. Futbolda omad ham kerak. Omad bo‘lmasa, 15 ta zarba bersang ham, to‘p darvoza ustuniga tegadi.

— "Metallurg" doim o‘rtamiyona jamoaligi bilan ajralib turgan. Bu yilgi vazifa qanday? Rahbariyat bilan bu masalada gaplashdingizmi?
— Menimcha, birinchi navbatda chiroyli futbol ustida ishlash kerak. To‘pni nazorat qilish va hujum qilish borasida ishlash talab etiladi. Meni hujumkor futbol ko‘rsatish uchun jamoaga taklif qilishdi.

— Superligada legionerlarni olib kelish va uni o‘ynatishda, kashf qilishda namuna bo‘la oladigan klublarni ayting.
— Legioner Cheran kabi bo‘lsa, 5 ta-10 tasini olib kelish kerak. Bundan tashqari, top-trenerlar ham kerak, xuddi Shota kabi. O‘rtamiyona legionerlar O‘zbekistonga kerak emas. O‘zbek futbolini ko‘tarish kerak. Fikrimcha, hamma jamoalar hujumkor o‘yin ko‘rsatishlari kerak.

— O‘zbek futboliga Shaskix singari goleador hujumchi yetishmayapti. Bu bo‘yicha fikringiz qanaqa?
— Fikrimcha, akademiyada murabbiylar yaxshi bo‘lishi lozim. Mashg‘ulot jarayonida o‘yinchi bilan individual tarzda ishlashi kerak. Bizda bor, 15-16-17 yoshlilar ichida. Ammo futbolchi 19-20 yoshda katta jamoaga o‘tsa, qandaydir qo‘rqadi, o‘zini yo‘qotadi, xarakter yetishmaydi.

— "Mash’al" akademiyasi o‘z o‘rniga ega edi. Hozirgi kunda esa faoliyat yuritmayapti. O‘zbek futboliga buning ta’siri bormi?
— Albatta, qancha ko‘p sifatli akademiya bo‘lsa, shuncha yaxshi. "Mash’al" akademiyasidan chiqqan ko‘plab futbolchilar o‘ynashyapti. Masalan, Shomurodov ham o‘sha yerdan chiqdi-ku. "Mash’al"ga o‘xshagan sifatli akademiya bo‘lishi kerak.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 20:18, 21.03.2021.
O'qildi: 2757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.