Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Temur Kapadze: «Ochko olganimiz yaxshi bo‘ldi»

Temur Kapadze: «Ochko olganimiz yaxshi bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Pro liganing ilk turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Neftchi" - "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi navbatda barchani mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Uchrashuv og‘ir bo‘lishini bilardik. «Neftchi» kuchli jamoa, shuningdek, uchrashuv ularning maydoni bo‘ldi. Uchrashuvdan avval eng xavotirga solgan narsa, bolalarning ko‘pchiligida katta futboldagi ilk uchrashuvi edi, ular asosan o‘rinbosarlar tarkibida harakat qilishgan. To‘g‘ri, o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘ldi, biroq rasmiy o‘yin boshqacha bo‘ladi. Futbolchilarimda hayajon sezilib turdi. Shu boisdan ularni ruhiy tayyorlashga harakat qildim. O‘yinning boshida ozgina hayajon sezildi, ammo keyinchalik ular raqiblaridan hech bir jabhada kuchsiz emasliklarini ko‘rsatishdi. Ochko olganimiz yaxshi bo‘ldi, umuman olganda, uchrashuv natijasi adolatli bo‘ldi. Har ikki jamoa ham g‘alaba qozonishi mumkin edi.

Dastlabki o‘n daqiqa ichida bizda hayajon katta edi. O‘rtoqlik uchrashuvlarida yaxshi natijalarni qayd etdik. Biroq rasmiy o‘yin o‘z nomiga mos, shuningdek biz mehmonda harakat qildik. Birinchi bo‘lim yakunidan so‘ng bolalarga qanday o‘ynasak, yaxshiroq bo‘lishini tushuntirdim. Birinchi bo‘limda ham yaxshi harakat qildik, ikkinchi bo‘limda esa qisqa paslar bilan o‘ynashga harakat qildik. Biroq to‘liq bunday o‘ynash uchun maydoning holati ham to‘sqinlik qildi. Maydonda harakatlanishda muammolar bo‘ldi. Balki televideniyeda bu ko‘rinmas, biroq futbolchilarga bu bilindi

Bu yoshdagi barcha yoshlarni kuzatishda davom etamiz. Hozirgi bolalarning birinchi davradagi holatini ham yaxshilab o‘rganamiz, Shunga qarab, biz harakat qilamiz. Bitta jamoa tuzdi degani, to‘liq bu jamoada ular o‘ynaydi degani emas. Bizning maqsad: bolalarni yanada yaxshiroq harakat qildirish. Men uchun barcha futbolchilar teng. Ularning har biriga imkon beraman, ularni bekorga yig‘ganim yo‘q. Har birida imkon bo‘ladi va ular o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishsa, ular bilan ishlashda davom etamiz. Eng quvonarlisi, bu bolalarning ko‘pi o‘rinbosarlar tarkibidagi futbolchilar edi, ba’zilar esa jamoasiz edi. Ular hozircha Superliga bahslari darajasida bo‘lmasliklari mumkin, lekin Pro liga ular uchun yaxshi o‘sish imkonini beradi deb o‘ylayman. Balki kelasi mavsum Superliga chiqishni uddalasak, ular o‘sha yerda o‘ynashar, balki boshqa jamoada harakat qilishadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham ularning o‘sishga yordam bergan bo‘lamiz.

Agar mavsum o‘rtasida futbolchilarimga Superliga jamoalaridan taklif bo‘lsa, ikkilanmasdan ularni erkin agent qilib berishga tayyorman. Sababi bundan terma jamoa yutadi. Ularning o‘rniga yana ko‘plab yoshlarni kashf etishim mumkin. Terma jamoa uchun qancha ko‘p yosh futbolchi bo‘lsa, bizga foyda bo‘ladi. Balki Superliganing zaxirasida yoki o‘rinbosarlarida qolib ketayotgan futbolchilarni ham jalb qilishimiz mumkin. Bundan nafaqat biz, balki barcha terma jamoalar yutadi. Shu o‘yinlar orqali futbolchilarning ko‘nikmalarini yanada oshirish imkoniga ega bo‘lamiz. O‘FA va MOQ tomonidan yaxshi sharoitlar yaratilib berilmoqda. Barcha narsalar o‘z vaqtida taqdim etilmoqda. Bularning barchasi futbolchilarimizni yanada o‘sish uchun qilingan ishlar", — dedi Kapadze.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 22:52, 22.03.2021.
O'qildi: 2542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.