Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Legionerlarimiz: J.Koreya, Qozog‘iston va Tailandda gol

Legionerlarimiz: J.Koreya, Qozog‘iston va Tailandda gol

Baho:
+ | -

«O‘zbekcha duel» yo‘q...

Janubiy Koreya «K»-ligasi 5-turida tarkibida Rustam Ashurmatov o‘ynayotgan «Kanvon» o‘z maydonida Jamshid Iskanderovning klubi - «Seongnam»ga qarshi bahs olib borib, 0:0 hisobiga ko‘ndi. Ashurmatov mezbonlar himoyasida to‘liq 90 daqiqa harakatlanib, sariq kartochka olgan bo‘lsa, Iskanderov «Seongnam» qaydnomasiga kiritilmadi. «Kanvon» keyingi turda «Inchxon Yunayted»ni 2:0 hisobida yengdi. Rustam Ashurmatov bu safar ham 90 daqiqa faol to‘p surdi. Xususan, 20-daqiqada aynan hamyurtimiz burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. «Seongnam» ham 6-turda g‘alaba nashidasini surdi. Jamshid Iskanderov «Poxang Stilers» bilan o‘yin (2:1)ning 84-daqiqasida maydonga tushdi. «Seul» yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev jarrohlik amaliyotidan ke­yin nihoyat, sekin-asta mashg‘ulotga qaytmoqda. Ikrom hozircha sport zalida yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

Amaliyot yaxshi, natijachi?

«Ufa» RPL 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvni o‘z maydonida «Lokomotiv»ga qarshi o‘tkazib, minimal hisobda yengildi. «Temiryo‘lchilar» g‘alaba golini 80-daqiqada nishonlashdi. Boshqirdiston jamoasiga ijara kelishuvi asosida qaytgan yarim himoyachi Oston O‘runov bu uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakatlandi. «Ufa» ayni payt 14 ochko bilan turnir jadvalining 15-pog‘onasini band etib turibdi. Rossiya quyi divizionidagi legionerlarimizga kelsak, «Tekstilshik» - «Nefteximik» o‘yini (0:1)da mehmonlar vakili Vagiz Galiulin 88-daqiqa to‘p surdi, Bobur Davlatov esa zaxirada qoldi. «Tom» himoyachisi Vitaliy Denisov «Fakel»ga qarshi kechgan omadsiz o‘yin (0:3)da 61-daqiqagacha maydonda harakatlandi.

«Jenoa»da irodali g‘alaba, faqat...

Italiya «A» seriyasi 28-turidan o‘rin olgan «Parma» - «Jenoa» bahsida mehmonlar irodali g‘alabani tantana qilishdi, faqat hamyurtimiz Eldor Shomurodov ishtirokisiz. To‘g‘ri, milliy jamoamiz hujumchisi Genuya klubi boshlang‘ich tarkibidan joy oldi, biroq tanaffusda o‘z o‘rnini Janluka Skamakkaga bo‘shatib berdi. Ikkinchi bo‘limda aynan shu futbolchi «dubl» qayd etib, «Jenoa»ga 3 ochko taqdim etdi - 2:1.

Sergeev gollari hisobini ochdi.

«Aktobe» safiga qo‘shilgan Igor Sergeev Qozog‘iston Prem­er-ligasi 2-turida chempionatdagi gollari hisobini ochdi. U «Aktobe» - «Tobol» uchrashuvining 54-daqiqasida raqib darvozasini bosh bilan yo‘llangan chiroyli zarba bilan ishg‘ol qildi. Biroq uning jamoasi yakunda 1:1 hisobi bilan kifoyalandi. Igor bu uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakatlandi.

Ubaydullayev boshlang‘ich tarkibda. Belarus chempioni - «Shaxtyor» mamlakat chempionati 2-turida «Energetik-BGU» mehmoni bo‘lib, ortga 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Soligorsk klubi safidagi hujumchimiz Shahzod Ubaydullayev bu safar boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, 56-daqiqagacha chakki taassurot qoldirmadi. Deylik, «Shaxtyor» har ikki golini hamyurtimiz maydonda bo‘lgan vaqtda urdi. «Dinamo Brest» - BATE uchrashuvida hisob ochilmadi. Uchrashuvda 83-daqiqagacha to‘p surgan mehmon jamoa yarim himoyachisi Shahboz Umarov sariq kartochka olgani bilan qayd­nomaga kirdi.

BAA chempionatida nima gap?

Doston Hamdamovning klubi - «Xatta» BAA elit ligasi 22-turida «Bani Yas» maydonida yagona gol tufayli mag‘lubiyatni tan oldi. Hamyurtimiz ushbu omadsiz uchrashuvda 69-daqiqagacha maydonda bo‘ldi. «Sharja» esa Otabek Shukurov to‘liq 90 daqiqa o‘ynagan bahsda mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutulib qoldi. «Al-Vasl» bilan o‘yin gollarga boy bo‘lib, 3:3 hisobida yakunlandi. «Shabab Al-Ahli» ham safarda o‘ynadi, farqli tomoni, Odil Hamrobekov va Jaloliddin Masharipovning jamoasi «Al-Dafra»ni 2:1 hisobida yengdi. Odil Hamrobekov bu o‘yinda 64-daqiqagacha harakatlangan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov 90-daqiqada zaxiraga olindi - taktik o‘zgarish. «Shabab Al-Ahli» shu bilan ochkolari sonini 40taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Tailandda g‘alaba goli.

Tailand chempionati 29-turidan o‘rin olgan «Supxanburi» - «Muangtong Yunayted» o‘yini 1:2 hisobida tugadi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gol 90+1-daqiqada Sardor Mirzayev tomonidan urildi. U uchrashuvni boshlan­g‘ich tarkibda boshlagandi.

Yaxshiboyevda jarohat bor.

Polsha chempionati yetakchisi «Legiya»ga yo‘l olgan Jasur Yaxshiboyev hozircha jarohat tufayli maydonga tushayotgani yo‘q. Shuningdek, «Rux» hujumchisi Bobur Abduxoliqov Ukraina chempionati 19-turidan o‘rin olgan «Dinamo»ga qarshi safar o‘yini qaydnomasiga kiritilmadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 23.03.2021.
O'qildi: 3882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.