Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Eldor Shomurodov JCH—2022 saralash o‘yinlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi haqida: «OFK futbolchilarni o‘ylamay qaror chiqardi»

Eldor Shomurodov JCH—2022 saralash o‘yinlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi haqida: «OFK futbolchilarni o‘ylamay qaror chiqardi»

Baho:
+ | -

«Jenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasining JCH—2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlari Saudiya Arabistonida markazlashgan tizimda o‘tkazilishiga o‘z munosabatini bildirdi.

"O‘yinlarning markazlashgan tizimda o‘tkazilishi imkoniyatlarimizga salbiy ta’sir qilmaydi deb o‘ylayman. O‘zimni fikrimni aytadigan bo‘lsam, bu qarorni eshitganimda miyamga kelgan ilk fikr OFKning futbolchilarni o‘ylamagani bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni yozda qanday issiq bo‘lishini hamma biladi. Muxlislar futbolda tezlik va chiroyli o‘yin ko‘rishi kerak. Bunday issiqda bu qiyin masala. U yerda chiroyli o‘yin ko‘rsatish qiyin bo‘ladi, barcha natija uchun o‘ynaydi. Birinchi navbatda tezlik bo‘lmaydi. Bunday sharoitda hammaning imkoniyati bir xil. Kimnidir kuchli yoki kimnidir kuchsiz deb bo‘lmaydi.

Biz oxirigacha kurashamiz, hech qanday qo‘rquv yo‘q. O‘zbekistonda yaxshi futbolchilar va murabbiylar yig‘ilgan. Muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni ko‘rsatamiz", — dedi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov qo‘l ostidagi milliy terma jamoasi mart oyidagi yig‘in doirasida Gana (26 mart, Namangan) va Iroq (29 mart, Toshkent) terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

JCH—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralashi doirasidagi o‘yinlar 31 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:15, 23.03.2021.
O'qildi: 9924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик