Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bahslarini yurtimizda o‘tkazadi

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bahslarini yurtimizda o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash turnirini O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi OFKga murojaat xati yuborgan edi.

Osiyo futbol konfederasiyasining yakuniy qaroriga muvofiq ushbu yil 13-25 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi saralash bahslari yurtimiz maydonlarida ham o‘tkaziladi.

Saralash bosqichida jami 30 jamoa vakillari 8 guruhga bo‘lingan holda, chempionatning 8 yo‘llanmasi uchun bellashadilar.

Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar milliy terma jamoamiz qur’a tashlash marosimida mezbon mamlakatlar savatchasidan o‘rin oladi. Qur’a jarayonida terma jamoamiz o‘z guruhida 2-raqam bilan saralanadi.

Mazkur bosqich uchrashuvlariga O‘zbekiston bilan birgalikda Xitoy Taypeyi, Indoneziya, Myanma, Nepal, Falastin, Tailand va Vetnam mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:30, 25.03.2021.
O'qildi: 3402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик