Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Jon Obi Mikel Eden Azar haqida: «Mashg‘ulotlarda bu qadar yomon harakat qilgan o‘yinchini ko‘rmaganman»

Jon Obi Mikel Eden Azar haqida: «Mashg‘ulotlarda bu qadar yomon harakat qilgan o‘yinchini ko‘rmaganman»

Baho:
+ | -

«Chelsi» sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel sobiq jamoadoshi, hozirda «Real» safida to‘p tepayotgan Eden Azar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men har doim aytganman, Eden Azar — eng iqtidorli futbolchilardan biri, unda hamma narsa bor edi — temp, kuch, salohiyat, texnika. U Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning yo‘lidan yurdi. Agar o‘zi xohlaganida, bu amalga oshgan bo‘ladi. Azar shu darajada yaxshi edi.

Ba’zan u o‘ziga aytardi: «Agar yana-da kuchliroq o‘yinchi bo‘lishni istasam, bunga erisha olaman. Men Messi kabi juda zo‘r bo‘la olmasdim, chunki u o‘zga sayyoradan. Biroq Ronaldu yaqinlashgan, balki, undan o‘zib ketgan bo‘lardim». Uning og‘zidan shunday so‘zlar chiqqan, ammo Azar futbolga fidokor emas edi. U juda yomon shug‘ullanardi. Rostini aytsam, mashg‘ulotlarda mehnat qilish borasida u men birga o‘ynagan futbolchilar orasida eng yomoni.

Nima uchun u bu qadar yomon? Eden, Eden, Eden... Eh! Shu qadar yaxshi o‘ynaganidan unga hech kim yomon gapira olmas edi. U shanba kuni o‘yin masalasini hal qilib, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lar. Biroq dushanba yoki seshanba kungi mashg‘ulotlar vaqtida umuman ko‘rinmasdi. U shunchaki turar, sayr qilib yurardi.

Barcha mashg‘ulotlardagi o‘yin vaqtida yakkakurashlarga kirishar, bir-birini turtar va baqirardi, biroq Eden bulardan hech birini qilmasdi. Biroq maydonda uning qay daraja yaxshi ekani ko‘rinardi. Bunday odamlarga bu qadar ko‘p iqtidor berilishi — shunchaki adolatsizlik!", — Jon Obi Mikel.

Azar 2019 yilning yozida «Chelsi»dan «Real» safiga o‘tgandi. Belgiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 gol va bitta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:42, 26.03.2021.
O'qildi: 6677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.