Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Shavkat Abdurazzoqov: «Viloyatimiz futbolidagi tarixiy voqea guvohiga aylandik»

Shavkat Abdurazzoqov: «Viloyatimiz futbolidagi tarixiy voqea guvohiga aylandik»

Baho:
+ | -

Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov bugun Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Gana milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (2:1) so‘ng o‘zbekistonlik barcha futbol muxlislarini samimiy tabrikladi:

"Bugun millionlar o‘yinining ashaddiy va fidoyi muxlislariga ega bo‘lgan Namanganda katta bayram - katta futbol tantanasi bo‘lib o‘tdi. Viloyatimiz futbolidagi tarixiy voqea guvohiga aylandik. Ya’ni, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘rtoqlik o‘yini ilk marta Namanganda o‘tkazildi. 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqich bahslariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan mamlakatimiz bosh jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar har doim muxlislar diqqat markazida turadi, uni jiddiy qiziqish bilan kuzatamiz. Shuni inobatga olgan holda, bugungi o‘yin nafaqat namanganlik, balki butun vodiylik muxlislar uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi, deyish mumkin.

Fursatdan foydalanib, mamlakatimizdagi barcha futbolsevar muxlislarni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, o‘zimning nomimdan va futbolsevar Namangan xalqi nomidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatiga bugungi Gana terma jamoasi bilan o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik o‘yini mezbonligini Namanganga topshirishda ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildiraman. Bu – boshlanishi, nasib qilsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi rasmiy o‘yinlar ham Namanganda o‘tkaziladi va birgalikda shunday katta futbol bayramlaridan bahramand bo‘lamiz. Bugungi o‘yin tashkilotchiligi, stadiondagi ajoyib muhit Namangan viloyati mamlakatimiz bosh jamoasi ishtirokidagi rasmiy o‘yinlarga ham bemalol mezbonlik qila olishini yana bir karra isbotladi.

Bugungi raqibimiz - Gana terma jamoasiga ham joriy yil o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlarida tilakdoshman. O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga xalqaro musobaqalardagi kurashlarga boy o‘yinlarda kuch-quvvat, muvaffaqiyat, omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolaman", - dedi viloyatimiz rahbari.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:46, 26.03.2021.
O'qildi: 4349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик