Serbiya terma jamoasi 27 mart kuni Belgradda Portugaliyani qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Mezbonlarning gollaridan biri hujumchi Aleksandar Mitrovich hisobiga yozildi. Hujumchi uchun mazkur gol Serbiya milliy jamoa futbolkasida 39-gol bo‘ldi.
Bu orqali Mitrovich serblarning rekordchisi Stepan Bobekning natijasini yangiladi. O‘tgan asrning 50-yillarida o‘ynagan ushbu futbolchi Yugoslaviya futbolkasida 38ta gol urgan edi.