Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

O‘zil Turkiyada: hammasi juda yomon...

O‘zil Turkiyada: hammasi juda yomon...

Baho:
+ | -

Mislsiz sargardonliklardan so‘ng nihoyat, Turkiyaga yo‘l olgan Mesut O‘zil «Fenerbaxche»da ham o‘zini sira ko‘rsatolmayapti. Hali biror gol urmagani yoki qandaydir samarali harakatni amalga oshirmagani kamlik qilgandek, u yaqinda  jarohatga ham yo‘liqdi. Xullas, «Real» va «Arsenal»ning sobiq yulduzi Turkiyada hozircha faqat o‘yinlar oldidan madhiya kuylagani bilan ko‘zga tashlandi.

Mesut O‘zil naq 11 oy davomida rasmiy o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. U 2020 yilning 7 mart kuni «Arsenal» va «Vest Xem» o‘rtasidagi o‘yinda golga assistentlik qilgan va shundan so‘ng futbol koronatanaffusga chiqqandi. Shu tariqa O‘zil 2021 yilning fevraligacha rasmiy o‘yinlardan chetda yurdi. 11 oyga cho‘zilgan «tanaffus» payti germaniyalik turk hayotida bir qator e’tiborli va g‘alati voqealar ro‘y berdi:

— Oilasida qizaloq dunyoga keldi;

— APLning atigi 2ta o‘yinida jamoasi zaxira o‘rindig‘idan joy oldi;

— «Arsenal» tizimidan chetlatilgan «Gunnerzavr» maoshini to‘liq qoplashga va’da berdi;

— «Arsenal»ning APL-2020|2021 uchun bergan «zayavka»siga kiritilmadi;

— Shovqinli yanvar oyining oxirida «Fenerbaxche»ga ko‘chib o‘tdi.

O‘zilning o‘zi bolaligida «Fenerbaxche»ga muxlislik qilgani va faqat shu klub libosini kiyishni xohlaganini yashirmadi: «Fener» — bu xuddi Ispaniyadagi «Real»dek. Turkiyaning asosiy klubi». Buni futbolchining shaxsiy agenti Erkut Segyut ham tasdiqladi: «Mesut «Fenerbaxche»ning oddiy muxlisi emas, balki ashaddiy fanati». 24 yanvar kuniga kelib, O‘zil nihoyat, Turkiya klubi safini to‘ldirdi. Darvoqe, «Fener» futbolchining transferini rasmiylashtirish uchun muxlislardan mablag‘ ham yig‘di — 1ta SMS bahosi 2 yevroni tashkil qildi. Mana, O‘zil «Fenerbaxche»dagi debyutini fevralda nishonladi va dastlabki oyda 6ta uchrashuvda ishtirok etdi. WhoScored statistikasiga qarasak, bu davrda «Fenerbaxche»ning kamida 5ta o‘yinida qatnashgan futbolchilar orasida eng past baholardan birini aynan O‘zil oldi. Aniqroq aytsak, faqat bir futbolchining natijasi Mesutnikidan yomonroq.

«Fener» O‘zil ishtirok etgan 6ta o‘yinda 3ta g‘alaba va 3ta mag‘lubiyat qayd etdi, qolaversa, kubok turniridan chetda qoldi. Mesutning bu uchrashuvlarga bog‘liq «Gol } pas» bo‘yicha natijasi: 0 } 0. U Turkiya ligasi doirasidagi 5ta o‘yinda 5tadan zarba va keskin uzatma amalga oshirdi, 8ta aldamchi harakatidan 3tasi muvaffaqiyatli, 5tasi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Eng yomoni, «Fenerbaxche» bu oraliqda chempionat turnir jadvalida 3-o‘ringa tushib qoldi (O‘zil safga qo‘shilgan pallada peshqadam edi). Taqqoslash uchun aytsak, aynan fevralda «Galatasaroy» tarkibiga ijara kelishuvi asosida qo‘shilgan «Zamalek» hujumchisi Mustafo Muhammad 6ta gol urishga ulgurdi. Misrdan taklif etilgan futbolchi jumladan, «Fener» darvozasiga urilgan g‘alaba goliga mualliflik qildi. «Fenerbaxche»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Rizvan Dilmen bundan juda xafa: «Jamoa 20 yildan buyon bunday ijrochiga ega bo‘lmagandi. Eh, O‘zilga sarf­langan mablag‘ning chorak qismiga Muhammadni olish mumkin edi».

Boz ustiga, O‘zil o‘zi ishtirok etgan oxirgi o‘yinning 66-daqiqasida almashtirilganidan keyin oshkora norozi bo‘ldi, kamiga «Fener» yana yutqazdi. Rahbariyat buning uchun germaniyalik futbolchiga intizomiy jazo qo‘llashi ham mumkin. Turkiya OAVda yozilishicha, klub futbolchini xatti-harakatlarini o‘ylab ko‘rishi haqida ogohlantirishi kerak. To‘g‘ri, o‘sha vaziyat fotosuratlarida ziddiyat yo‘qdek ko‘rinadi. Eng muhim jihat, O‘zil Turkiya madhiyasini kuylay boshladi (Superliga o‘yinlari oldidan milliy gimn yangraydi). Tabiiyki, Germaniya OAV bu holatdan hayron. Binobarin, Mesut bundestim o‘yinlaridan oldin hech qachon Germaniya madhiyasini aytmagan va buni o‘sha pallada duo o‘qishi bilan izohlagan. «Ilgari uning buyuk qo‘shiqchi sifatida bilmagan edik», — deya kinoya qildi Bild nashri.

Umuman olganda, Turkiyaning ayrim OAV xulosa chiqarishga hali erta ekanligini ham ta’kidlamoqda. Ammo Ispaniyaning Marca gazetasi bu fikrga qarshi: «Transfer ikki tomon uchun ham orzudek tuyulgandi, ammo hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi». Ehtimol, O‘zil transferiga baho berishda chindan ham, shoshilmaslik kerakdir. Har holda, gap katta tajribaga ega futbolchi haqida ketmoqda. Balki Mesut finish marrasi yaqinlash pallada kimligini eslatib, chempionlik uchun kurashayotgan «Fener»ni olg‘a boshlar... Faqat buning uchun jarohatdan tezroq forig‘ bo‘lishi kerak.

O‘zil «Fener»da: birinchi oy hosilasi

*  «Xatayspor» bilan g‘alabali o‘yinda 13 daqiqa harakat

*  «Galatasaroy» bilan muhim o‘yinda 30 daqiqa harakat (mag‘lubiyat)

*  Kubok o‘yinida qo‘shimcha bo‘limlar bilan 75 daqiqa harakat («Fener» turnirdan chiqib ketdi)

* Keyingi 3ta o‘yinda boshlang‘ich tarkibda harakat («Fener» ulardan 1tasida yengildi)

O.ATABOYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 28.03.2021.
O'qildi: 7232 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.