Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

37ta o‘yinda 64ta gol yoxud yana bir «Xoland» katta sahnaga chiqmoqda...

37ta o‘yinda 64ta gol yoxud yana bir «Xoland» katta sahnaga chiqmoqda...

Baho:
+1 | -

Bundesliga va YECHLda goleadorlik qobiliyatini namoyish etayotgan Erling Braut Xolandning hozirgi shaxsiy statistikasi har qanday kishini hayratga solishi tayin. Deylik, norvegiyalik hujumchi elit darajada 100ta gol marrasini atigi 146-o‘yinida zabt etib, bu borada Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibragimovich kabi aslarni ortda qoldirdi. Ammo ko‘pchilik Erlingning yaqin qarindoshi Norvegiyada yanada hayratlanarli statistika qayd etayotganini bilmasa kerak.

17 yoshli Albert Braut Tyaland hozirda «Molde» yoshlar jamoasida o‘ynaydi (Erling Xoland 2017-2019 yillar oralig‘ida aynan shu klubda porlagan). Endi uning joriy mavsumdagi shaxsiy statistikasiga qarang: 37ta o‘yinda 64ta gol! Ha, Tyaland hozircha Xolandning futbolga kirib kelish yo‘lini to‘liq takrorlamoqda: Erling «Molde» safiga qo‘shilishidan oldin Norvegiyaning «Bryun» klubida o‘ynagandi. Albert ham bu jamoada to‘p surgan va natijalari hozirgidan aslo kam bo‘lmagan:

2017 yil - 8ta o‘yinda 20ta gol

2018 yil - 12ta o‘yinda 20ta gol

2019 yil - 31ta o‘yinda 33ta gol

Norvegiya matbuoti Erlingning ammavachchasini kuchli va tezkor, jismonan baquvvvat hujumchi sifatida ta’riflamoqda. To‘g‘ri, ikkisining jismoniy ko‘rsatkichlari o‘rtasida farq ham bor: Erlingning bo‘yi Albertnikidan 9 santimetr balandroq (194ga 185ga). Qolaversa, «Borussiya» D. yulduzi chap oyog‘i bilan ko‘proq gol urayotgan bo‘lsa, «Molde» bag‘rida kamol topayotgan yangi yulduzchaning o‘ng oyoq zarbasi o‘ta dahshatli. «Erling meni chinakamiga ilhomlantirmoqda. Uning hozirgacha erishgan yutuqlari hayratlanarli. Asosiysi, har bir uchrashuvda yuqori darajada futbol namoyish etmoqda. Albatta, men ham futbolda iloji boricha uzoqroqqa borishni xohlayman. Bilaman, tezkor va jismonan baquvvatman. Qisqasi, men uchun turtki beradigan asosiy o‘yinchi - bu aynan Erling», - deydi Albert Braut.

Faoliyati rivojiga qarab, mantiqan taxmin qilish mumkinki, Tyaland yaqin orada «Molde»dan Avstriyaga yo‘l olsa kerak, albatta, «Zalsburg»ga. Ehtimolki, u katta imtihonni tezkor ravishda topshirishni xohlab, birdaniga Yevropaning kuchli 5ta ligasi klublaridan birini tanlar... Har holda, yigitchaning dahshatnamo statistikasi, qolaversa, yaqin qarindoshining yevrofutbol markazida qanday karomatlar ko‘rsatayotganini hisobga olsak, ikkinchi variantni hech kim inkor etolmaydi. Hattoki, buning ehtimoli ba­landroq ko‘rinmoqda...

A.AHMEDOV tayyorladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 28.03.2021.
O'qildi: 10580 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик