Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

O‘zbekiston futzal terma jamoasi JCHga boradimi?

O‘zbekiston futzal terma jamoasi JCHga boradimi?

Baho:
+ | -

Bugungi kunda Qatarda faoliyat yuritayotgan mutaxassis Alisher Nikimbayev qit’amizda futzal bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘l ochadigan saralash sxemasi haqida ma’lumot berdi.

Joriy mavsum Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi yodingizda bo‘lsa kerak? Mazkur turnirga saralash bosqichi vazifasini o‘tashi kutilgan Osiyo kubogi bahslari esa bekor qilindi. Xo‘sh, OFKdan JCHga boradigan jamoalar qanday aniqlanadi? OFK bu borada ikki xil variantni taklif etdi. Birinchisi - Osiyo kubogi-2018 yakunlaridan kelib chiqib, JCHda qatnashadigan 5 ishtirokchini aniqlash. Mazkur holatda qatnashchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oladi:

Eron
Yaponiya
O‘zbekiston
Iroq
Livan

Ikkinchi variant - so‘nggi 3ta Osiyo chempionatidagi ko‘rsatkichlarni umumlashtirgan holda, eng yaxshi jamoalarni aniqlash. Ballarni taqsimlash sxemasi: chempionga - 100, vise-chempionga - 90, bronza medali sohibiga - 80..., ...8-o‘rin sohibiga - 30 ball. Ushbu variantda kuchli beshlik quyidagicha ko‘rinish oladi:

Eron - 290 ball
O‘zbekiston - 250 ball
Yaponiya - 230 ball
Tailand - 190 ball
Vyetnam - 150 ball

Futzal bo‘yicha qo‘mita a’zolari 30 martgacha variantlardan biriga ovoz berishlari lozim. Yakuniy qaror aprel oyi boshida chiqariladi. Ammo ko‘rib turganingizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston termasi har qanday holatda Litva mezbonlik qiladigan jahon kubogiga yo‘l oladi. Bu esa jamoamizning mundialdagi ikkinchi ishtiroki bo‘ladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:22, 01.04.2021.
O'qildi: 3749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик