Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. Qo‘qondagi bahsda nursiz durang qayd etildi

Superliga. Qo‘qondagi bahsda nursiz durang qayd etildi

Baho:
+ | -

Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida "Qo‘qon-1912" jamoasi Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qildi. Shiddatli tarzda o‘tgan bahsda hisob ochilmadi.

Uchrashuv kutilganidek, hujumkor ruhda boshlandi. 1-daqiqada chap qanotdan Sobirjonov uzatgan to‘pni Hasanov boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi. 5-daqiqada mezbonlar tomonidan xavfli hujum tashkil etildi. Yagudin jarima maydonini tark etib to‘pni qaytardi, Norbekov uzoqdan zarba berishga urindi, to‘p himoyachilarga tegib qaytdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Lukichning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Merzlyakov yaqin masofadan noaniq yo‘lladi. 11-daqiqada mehmonlarda ham yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Mirahmadovning bosh bilan yo‘llagan zarbasini darvozabonimiz ushlab oldi. 44-daqiqada o‘ng qanotdan Xolmuhammedov uzatgan to‘p Sobirjonovga tegib darvoza ustidan o‘tib ketdi. Tanaffusga jamoalar nursiz durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham xuddi birinchisi kabi keskin kurashlar ostida boshlandi. 49-daqiqada Muhammadanas Hasanov o‘z qanotida chiroyli harakatlari bilan muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. 59-daqiqada esa raqiblarimizda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Rasul Yo‘ldoshevning kutilmagan zarbasini Abdullayev urib yubordi. Oradan biroz o‘tib, Bamba akrobatik zarba bermoqchi bo‘ldi, to‘pni himoyachilar qaytarishdi. 79-daqiqada Hasanov boshi bilan darvozaga zarba berdi, Yagudin to‘pni qaytardi. 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Andrey Sidorov hamda Anvar Xojimirzayevda qulay imkoniyat bo‘lgan edi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar hisobni ochishga juda yaqin kelishdi. Murod Xolmuhammedovning juda kuchli zarba, birozgina noaniq bo‘ldi. Aks holda darvozbon bu zarbani qaytarishi qiyin edi.

Shu tariqa, jangovar ruhda o‘tgan bahsda hisob ochilmadi.

Coca Cola Superliga, 4-tur
QO‘QON-1912 – BUNYODKOR - 0:0
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev, Abdurashid Xudoyberganov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
Komissar: Shohruh Said.
"Qo‘qon-1912": 1. Muzaffar Abdullayev, 5. Slavko Lukich, 7. Asadbek Sobirjonov, 10. Shoxnazar Norbekov (18. Anvarjon Xojimirzayev, 81), 11. Mo‘min Meliyev (99. Andrey Sidorov, 73), 15. Oybek Rustamov, 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 70. Murod Xolmuhammedov, 91. Yakuba Bamba (20. Iqbol Malikjonov, 70).
"Bunyodkor": 1. Ravshan Yagudin, 4. Davronjon Ergashev, 10. Xurshid G‘iyosov, 11. Rasul Yo‘ldoshev (9. Farrux Ikromov, 70), 13. Lutfulla To‘rayev, 14. Mirjahon Mirahmadov (22. Shahboz Erkinov, 82), 17. Odiljon Abdurahmonov, 19. Nurillo To‘xtasinov, 30. Abdulla Abdullayev, 34. Suhrob Izzatov (7. Sunnatilla Abdullajonov, 88), 37. Muhammadodil Qahramonov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 18:55, 02.04.2021.
O'qildi: 2718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.