Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Masharipovning goli va golli uzatmasi «Shabab al-Ahli»ga g‘alaba keltirdi (video)

Masharipovning goli va golli uzatmasi «Shabab al-Ahli»ga g‘alaba keltirdi (video)

Baho:
+ | -

Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 23-turi doirasida «Shabab al-Ahli» klubi o‘z maydonida «Fujayra»ni qabul qilib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mehmonlar birinchi bo‘limda 2ta gol urib, oldinga o‘tib olishdi. Maydon egalari esa birinchi bo‘lim so‘ngida hisobdagi farqni qisqartirishgan bo‘lsa, ikkinchi taym avvalida ular hisobni tenglashtirishdi. "Shabab"ning ikkinchi goliga Masharipov assistentlik qildi.

Uchrashuv 79-daqiqasida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi, ammo Eduardu undan samarali foydalana olmadi. Bahsning so‘nggi daqiqasida esa burchakdan yetkazilgan uzatmani Masharipov bosh bilan darvozani ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Jaloliddin o‘yin oxiriga qadar harakat qilgan bo‘lsa, Odiljon Hamrobekov 39-daqiqada zaxiraga olindi.

"Shabab al-Ahli" ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 43taga yetkazib olib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

BAA chempionati, 23-tur
"SHABAB AL-AHLI" - "FUJAYRA" - 3:2 (1:2)
Gollar: da Kruz (39), Muhammad Juma (52, assist — Masharipov), Jaloliddin Masharipov (90) — Koutinyo (3), Ovolabi (32)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:46, 02.04.2021.
O'qildi: 5129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик