Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Futbolchi va oila: Sara va Iker muhabbati yakuni

Futbolchi va oila: Sara va Iker muhabbati yakuni

Baho:
+ | -

«Real Madrid» afsonasi Iker Kasilyas rafiqasi Sara Karbonero bilan ajrashdi. Buni 37 yoshli jurnalist xonimning o‘zi ma’lum qildi. «Iker oilamizdan juda faxrlanadi, men ham, albatta. Ulkan muhabbat butun turmushimiz davomida bizni baxtga ko‘mdi. Biroq endi yo‘llarimiz boshqa-boshqa, to‘g‘ri, rishtalarimiz butkul uzilgani yo‘q. Zero, yo‘llarimiz ayro ekanligiga qaramay, ajoyib majburiyat - ota-onalik vazifasini oldingidek maromida bajarishda davom etamiz. Barchasini obdon o‘ylagan holda, ajrashishga qaror qildik. Muhimi, o‘rtamizdagi hurmat, mehr va do‘stlik abadiy qoladi. Farzandlarimizning farovon yashashlari va zarur ta’lim olishlari uchun ularga birgalikda g‘amxo‘rlik qilish, barqaror, sog‘lom muhitda ulg‘ayishlari, hamisha himoyamiz ostida bo‘lishlarini ta’minlash - ustuvor vazifamiz. Hammadan shaxsiy hayotimizga hurmat bilan qarashni so‘raymiz. Bu - yagona ochiq bayonotimiz. Tushunganingiz uchun katta rahmat», - deb yozdi Sara xonim «Instagram»dagi sahifasida.

***

2017 yili rasman turmush qurgan juftlikda 2 nafar o‘g‘il farzandi bor - 7 yoshli Martin va 4 yoshli Lukas. Iker va Sara 2020 yili Ispaniyaga qaytishdi. Ular bunga qadar 5 yil Portugaliyada yashashdi (Kasilyas bu davrda «Portu» sharafini himoya qildi). So‘nggi bir necha yil juftlik uchun juda og‘ir kelgani ko‘pchilikka ma’lum. Birinchidan, Iker yurak xurujiga uchradi va shu muammo ortidan faoliyatini o‘zi rejalashtirganidan oldinroq tugatishga majbur bo‘ldi. Ikkinchidan, Sara xonimning saratonga chalingani ma’lum bo‘ldi. OAVda ularning munosabatlari yomonlashgani haqidagi xabarlar o‘tgan yilning boshida paydo bo‘ldi. Keyinchalik barchasi tasdiqlandi - Sara va Iker Ispaniyaga qaytishgach, o‘zlariga alohida uy-joy izlashga tushdilar. Karbonero xonim hozirda o‘g‘illari bilan shahar chetidagi villada yashamoqda (bu turar-joy ikkisiga tegishli), Iker esa Madrid markazidagi kvartirada.

***

Iker Kasilyas o‘rtadagi munosabat uzilganiga qaramay, fevral oyida Sarani «Instagram» orqali alohida tabrikladi. Shuning ta’sirida ko‘pchilik juftlikning rasman ajrashishiga shubha bilan qaray boshladi. Bundan bir necha hafta burun Sara shifoxonaga yotqizilgandi. Uning nega yana shifoxonaga tushgani sababi noma’lum. Spletnik nashri xabariga qaraganda, sobiq kiper bu vaqtda shifoxonada ko‘p ko‘rinish bergan. Qisqasi, vaqtni asosan Sara yonida o‘tkazgan. Qolaversa, juft­lik klinikadan ham birga chiqib ketgan. Biroq insayderlarning aytishlaricha, ular kechki ovqatdan so‘ng boshqa-boshqa tomonga yo‘l olishgan. Demakki, Iker farzandlari onasini shunchaki, do‘st sifatida qo‘llab-quvvatlab turgan. Har holda, Sara xonimning bayonotidan keyin boshqacha o‘ylashning iloji yo‘q...

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 05.04.2021.
O'qildi: 14992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.