Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Olmaliqdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida bugun Hindistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida kiritilgan yagona gol vakillarimizga g‘alaba keltirdi. Maftuna Shoyimova darvozagacha 30 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirdi: to‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi.

Yig‘in davomida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 11 aprel kuni OKMK stadionida Belarusga qarshi maydonga tushadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi, 5 aprel
O‘zbekiston – Hindiston - 1:0 (0:0)
Gol: Maftuna Shoyimova (87)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:32, 05.04.2021.
O'qildi: 2801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик