Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus - Lasio
19/10 00:00 Real Madrid - Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

Sanjar Tursunov: «AGMK «Al-G‘arafa»dan qo‘rqmaydi, lekin raqibni hurmat qiladi»

Sanjar Tursunov: «AGMK «Al-G‘arafa»dan qo‘rqmaydi, lekin raqibni hurmat qiladi»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Al-G‘arafa" - AGMK uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar sardori Sanjar Tursunov ham ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sanjar Tursunovga qatarlik jurnalist tomonidan berilgan "Nima deb o‘ylaysiz, ertangi o‘yin yakunlangani haqidagi hakam xushtagidan so‘ng AGMK jamoasining orzulari to‘xtaydimi yoki davom etadimi?", degan savolga jamoamiz sardori shunday javob qaytardi:

"Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turganini bilaman. "Al-G‘arafa" chempionatda qoniqarli o‘ynay olmayotgan bo‘lsada, OCHL butkul boshqa musobaqa va bunga chalg‘imaslik lozim.

Hammasi bitta o‘yinga bog‘liq. Har qanday jamoa bir o‘yinga boshqacha kayfiyatdagi munosabat bilan tushishi mumkin. Shuni aytishim mumkinki, AGMK "Al-G‘arafa"dan qo‘rqmaydi, lekin raqibni hurmat qiladi.

Ertaga g‘alaba qozonib, Olmaliqqa bayram taqdim etish va O‘zbekiston klublarining xalqaro maydondagi mavqeini ko‘tarish uchun borimizni berib harakat qilamiz", — dedi Tursunov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 17:35, 06.04.2021.
O'qildi: 5586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик