Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Temur Kapadze: «Rivojlanishni istasak yotishimiz emas, futbol o‘ynashimiz kerak»

Temur Kapadze: «Rivojlanishni istasak yotishimiz emas, futbol o‘ynashimiz kerak»

Baho:
+ | -

Pro liganing uchinchi turidan o‘rin olgan «Olympis» — «Buxoro» (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qiyin o‘yin bo‘ldi. ”Buxoro” kuchli raqib ekanligini bilgan holda tayyorgarlik ko‘rgandik. Ularning ikkinchi raqam ostida o‘ynashi kutilmagan holat bo‘ldi, deya olaman. Chunki qarshi hujumga tayangan holda o‘yin tashkil qilishdi. Tezkor gol urishganidan so‘ng himoyada o‘z imkoniyatlarini kutishdi. Shunga qaramay yigitlar yaxshi harakat qilishdi. To‘g‘ri xatolar ham kuzatildi. Futbolchilar ilk bor bunday vaziyatga tushishmoqda. Buni tushunsa bo‘ladi. Raqib jismoniy jihatdan kuchli ekan. Yakkakurashlarda ustun kelishdi. Jamoamizning yosh futbolchilari hali o‘zini ko‘rsata oladi. Umuman olganda, bu ular uchun katta maktab bo‘ldi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, birinchi bo‘limda 2-3ta yaqqol golli vaziyatlar yuzaga keltirdik.

Tanaffusda kerakli ko‘rsatmalarni berildi. Shoshilmaslikni, kutish kerakligini aytib o‘tdik. So‘nggi daqiqalarda tavakkal qilib hujum uyushtirdik. Lekin qarshi hujumda ikkinchi gol darvozamizdan o‘rin oldi. Menimcha, raqibning rejasi ish berdi. Zich himoyada o‘ynaganiga qaramasdan futbolchilarim kombinasiyalarda yaxshi harakat qilishdi. Har bir o‘yin bizga xatolarimizni ko‘rib olish imkonini beradi”,— deydi Kapadze.

— Ikkinchi bo‘lim boshida futbolchilardagi tezlik va ishtiyoq bo‘lim o‘rtalaridan so‘ng yo‘qolib qolgandek bo‘ldi...
— Raqib zich himoyalandi. Bunday vaziyatda tezroq o‘ynash kerak. Yigitlar yoshlik qilib to‘pni ko‘proq o‘zida ushlab ko‘p kuch yo‘qotishdi. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz.

— So‘nggi paytlarda hakamlarga nisbatan e’tirozlar ko‘paymoqda. E’tiborli tomoni ular o‘yinni natijasiga ham ta’sir qilishmoqda...
— Buni oddiy murabbiy, sobiq futbolchi va inson sifatida qabul qilaman. Hamma xato qiladi. Lekin xato ataylab qilindimi yoki insoniylik faktorimi. Shunga aniqlik kiritish kerak. Bugun hakamlar ko‘p xato qilishdi. Ayniqsa penalti belgilanishi kerak bo‘lgan vaziyatda. U yerda 11 metrlik nuqta belgilanishi kerak edi. Hakam ham to‘g‘ri pozisiyada turgandi. U atayin shunday qildimi yoki ko‘ra olmadimi uning vijdoniga havola. Menimcha penalti bergisi kelmadi. Boshqa kurashlarda ham chaladigan vaziyatda chalmadi.

— «Buxoro» futbolchilarining o‘yinni cho‘zishi bugungi uchrashuvga qay darajada ta’sir qildi? Sizningcha bu to‘g‘rimi?
— Fikringizga qo‘shilaman. Bu xunuk holat. Boisi «Buxoro» «Real»ga qarshi o‘ynamayotgan edi. Bu ham qaysidir ma’noda xursand qiladi, mazkur holat qisqa vaqtda raqiblarni bizni hurmat qilayotganini bildiradi. Bizda o‘yinda vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, to‘pni nazorat qildik. Raqib esa tempni shu tariqa tushirishga urindi. Bu yerda hakam ham rol o‘ynaydi. U o‘ynashga qo‘yib berishiga bog‘liq. Biz rivojlanishni istasak, yotib olib o‘yinni cho‘zish emas, o‘ynashimiz kerak.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 19:47, 06.04.2021.
O'qildi: 2669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.