Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Jasur Abduraimov: "Hujumkor futbolga darhol moslashib ketish qiyin"

Jasur Abduraimov: "Hujumkor futbolga darhol moslashib ketish qiyin"

Baho:
+ | -

"Metallurg" - "Andijon" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Tan olish kerak, birinchi taymda o‘yin bo‘yicha "Andijon" ustunlik qildi. Maydon markazini raqiblarga topshirib qo‘ydik. Andijonliklarda hisobni ochish uchun imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi. Shunday vaziyatlarda jamoani goldan saqlab qolgan Lobanovdan minnatdorman. Ikkinchi taymda esa o‘zimizga keldik va kerakli natijani qo‘lga kiritdik. Kuzatayotgan bo‘lsanglar, biz tobora hujumkor futbol namoyish etib borayapmiz. Ammo qisqa fursat ichida o‘yin uslubini butunlay o‘zgartirish, moslashib ketish qiyin kechadi. Biz esa shu yo‘lda ishlashda davom etamiz", - deya dastlabki xulosalari bilan o‘rtoqlashdi Jasur Abduraimov.

— Makeev va Narzullayev kabi futbolchilar nega maydonga tushishmadi?
Makeev tarkibdan o‘rin egallashi uchun o‘zini ko‘rsatishi kerak. Men Muborakdagi matbuot anjumanida ham aytgandim, legioner mahalliy futbolchidan bir bosh ustun bo‘lishi lozim deb. Agar saviyasi teng bo‘lsa men birinchi navbatda o‘zbekistonlik futbolchilarga imkoniyat beraman. Narzullayev ham tayyorgarlik borasida jamoadoshlariga yutqazayapti. Ayni paytda uning pozisiyasida G‘ofurbekov ishonchli harakat qilmoqda, ko‘proq kreativ o‘yin ko‘rsatayapti. Shu bois ham bugun u maydonga tushdi.

- U-21 jamoasi o‘tgan mavsum chempioni bo‘lgandi. O‘sha tarkibdan qaysi futbolchilarni asosiy tarkibga jalb etgansiz?
- Ayni paytda o‘sha jamoaning 4-5 nafar o‘yinchisi asosiy tarkib mashg‘ulotlarida qatnashayapti. Biroq ular hozircha Superliga bahslarini tortishga tayyor emas. Menga futbolchining jismoniy tayyorgarligidan tashqari fikrlay olishi birinchi navbatda kerak. Aql bilan o‘ynaydigan futbolchiga birinchi navbatda imkoniyat beriladi. U xoh yosh futbolchi bo‘lsin, xoh 37 yoshli futbolchi bo‘lsin. Zamonaviy futbolda birinchi o‘rinda futbolchi "kallali" bo‘lishi kerak.

- Odilbek Abdumajidovning o‘yini haqida nima deya olasiz?
- U hozir 20 yoshda. Aqlli futbolchi, to‘g‘ri bugun qizil kartochka oldi. Ammo o‘z yoshi uchun yaxshi harakat qildi deya olaman. O‘ylashimcha 2-3 yildan keyin terma jamoada o‘ynab ketadi. Faqat harakat qilishdan to‘xtamasligi, mehnatdan qochmasligi lozim.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 15:09, 09.04.2021.
O'qildi: 1613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.