Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Keyingi safar yutarmiz, axir Laporta qaytdiku?!

Keyingi safar yutarmiz, axir Laporta qaytdiku?!

Baho:
+2 | -1

Bu — Karim! Aniqrog‘i, yildan-yilga yosharib, mahorati oshib, Krishtianu Ronaldu darajasida gol ura boshlagan Karim! Bravo, Karim!

Aslida, o‘yinni “Real” futbolchilari birinchi taymning o‘zidayoq hal qilib qo‘yishsa ham bo‘lardi, nimagadir buni qattiq xohlashmadi!

Toni Kroosning jarimadan tepgan bitta zarbasi “Barsa”ning himoyachisiga tegib trayektoriyasini o‘zgartirib, Xordi Albani sakragan boshi tepasidan yalab o‘tib, baribir darvozaga kirib ketdi.

Leo Messi esa uch marta o‘z nuqtasidan jarima zarbasini tepdi va hamma zarbalar havoning o‘zidayoq “realchi”lar tomonidan bartaraf qilindi.

Toni Kroosda g‘alaba — bu ko‘rsatkichda! Halol!

Jarimalarni tepishdan oldin, ivib ketgan to‘pni yerga qattiq bir urib, suvini qoqib, yengillatib olmasmiding, Leo?!

Chetdan maslahat berish oson, sovuq jalada to‘p surish esa boshqa.

Jala. O‘yinga badiiy atmosfera va rassom maqomini o‘tab berdi.

Luka Modrich maydon markazida jamoasining taktik hujumlarini dirijyorlik maqomida uzun va aniq paslari bilan ajoyib tarzda uddalab turdi, Lukas Vaskes jarohat olib chiqib ketmaguncha o‘ng qanotda Albani "eb" qo‘ydi hamda golli uzatmani amalga oshirdi. Fede Valverde esa goh hujumda, goh himoyada maydondagi jamoadoshlarining xatolarini tozalab turdi.

Xulosa, maydon markazi “Real”niki edi.

To‘pga egalik qilish koeffisiyenti “Barsa” tomonida edi, biroq bu o‘ylangan hujumlarni aniq yakunlashga asos bo‘lmadi.

Zidan “Barsa”ni yaqin pressinga ushlab turib, qarshi hujumlarda Karim Benzema va Vini Junior bog‘lamasi bilan jazolashga urg‘u berdi va birinchi taymning o‘zidayoq masalani deyarli hal qilib qo‘ydi.

Karim Benzema va Vini Junior bog‘lamasi - “Real”ni skalpel tig‘idek o‘tkir va xavfli quroliga aylanib, shakllanib bo‘libdi. Shu ketishda, hali bu skalpel, ko‘p jamoalarni himoyasini sariyog‘dek kesib tashlaydi.

“Barsa”. Messi. Oskar Mingesa.

Messi jamoaviy pressing ichidan yorib chiqib, masalani bir o‘zi hal qilishga qiynaldi. Luka Modrich, Kazemiro, Toni Kroos, Federiko Valverde, Alvaro Odriosola maydon markazida Leoni birgalashib “qafas”da ushlashdi, himoyada esa Eder Militao, Nacho va Ferlan Mendi Messiga individual mahoratini ishga solib darvoza tomon zarba yo‘llashiga imkon qoldirishmadi! Toza va sifatli ish!

Aksincha, de Yong, Dembele, Grizmann maydon markazida Messiga hujumlarni tashkil qilishda yelkadosh bo‘la olmadilar, bunga o‘zaro shakllangan o‘yin bog‘lamalari va elementar mahorat yetmadi.

Kutilmaganda, bu ishni Oskar Mingesa o‘z qo‘liga oldi va bitta gol urdi. Yana qo‘shimchasiga Messi uchun ideal nuqtada jarima ishlab berdi. Oskarni foydasi ko‘proq bo‘ldi, yuqoridagi uchlikka nisbatan.

Mayli, kelasi safar yutamiz. Laporta qaytdiku!

Aslida, Kleman Langle, Usmon Dembele, Samuel Umtiti, Miralem Pyanich, Antuan Grizmann, Martin Breytueyt, Serxi Robertoga xizmatlari uchun ko‘pdan ko‘p rahmat aytib sotib yuborish kerak. Ular “Barsa” darajasidagi o‘yinchilar emas, tortmaydi. Serxi Roberto esa o‘zini Italiya, Angliya chempionatida sinab ko‘rgani ma’qul, balkim yangi qirralari ochilar.

Xordi Alba, Serxio Buskets, Jerar Pike so‘ngi kuchlari va imkoniyatlari darajasida harakat qilishmoqda. Ularning o‘rinlariga o‘rinbosarlarni shakllantiraverish zarur, bo‘lmasam “Real” bilan bo‘lgan o‘yindagi kabi, “Barsa” metanda yurayotgan “Lamborjini” kabi taassurot qoldiraveradi!

Ronald Arauxo, Frenki de Yong, Pedri, Xunior Firpo, Riki Puch, Fransishku Trinkau haqida aniq bir narsa deyishga ojizman, balkim asl “Barselona” darajasidagi o‘yinchilarga aylanishar.

Serjinyo Dest, Oskar Mingesa, Ilaysh Moribada esa nimadir bor, faqat ularga ong ostlarigacha ham “barsachi” bo‘lib shakllanishlariga, tajriba to‘plab, suyaklari qotishlarigacha imkon va ishonch berilishi shart. Umid qilamiz, Ansu Fati ham jarohatidan avvalgi formasida o‘ynay oladigan bo‘lib tiklanadi.

Lionel Messi, yutqazdik, hatto sovuq o‘tib ketganini qaltirab turgan tanangizdan ham ko‘rdik og‘a. Nasib qilsa, keyingi safar albatta yutamiz, Laporta qaytdiku.

Referi senyor Xesus Xil Mansano – hisob 2:1 bo‘lib turganda, “Barsa” ustunlikni qo‘lga olib, o‘yinda keskin burilish yasayman deb turganida, Breytueyt bilan bo‘lgan vaziyatda, “Real” darvozasi tomon penalti belgilanmaganingiz uchun katta rahmat! Shov-shuvga sabab bo‘ladigan penalti orqali durangga erishgandan ko‘ra, yaxshisi, mardlarcha mag‘lub bo‘lingani durust. “Barsa” yutqazishni biladi!

Yaxshiyam Serxio Ramos o‘ynamadi, bo‘lmasam o‘yin, futbol o‘rniga yana ura-ur jangiga aylanib ketilgan bo‘lardi. "Zato", Serxioning an’anasi buzilmadi, Kazemiro 1 daqiqada hammasini o‘z joyiga to‘g‘rilab qo‘ydi.

O‘yinning so‘nggi soniyalarida Ilaysh Moribani raqib jarima maydoni ichida to‘sinni “qars” etib tebratgani-yu, qaytib kelgan to‘pni Ter Shtegen darvoza tomon aniq tepganida ham, to‘p o‘zini jamoadoshiga tegib qaytib ketgani - omad o‘sha kecha “Real”ni afzal ko‘rganligidan dalolat bergan edi.

Mana shunaqa taassurotlar qoldi, so‘ngi “el-klasiko”dan.

Keyingi safar yutarmiz, axir Laporta qaytdiku.

Furqat Qurbonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:39, 13.04.2021.
O'qildi: 6371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.