Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

OCHL haqida: Barchasi "Paxtakor" va AGMKni qo‘lida...

OCHL haqida: Barchasi "Paxtakor" va AGMKni qo‘lida...

Baho:
+1 | -

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev o‘tgan hafta start olgan OCHLning yangi mavsumi haqida navbatdagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Ushbu faktlar O‘zbekiston klublari ishtirokiga befarq qaramaydiganlar uchun ayni muddao, albatta.

* * *

- AGMKning OCHL guruh bosqichiga chiqqani bir qator ijobiy jihatlarni o‘z ichiga oladi, ulardan biri - OFK klublar reytingi. Gap shundaki, OFK kubogidagi har bir g‘alaba mamlakat jamg‘armasiga 1ta ochko olib keladi, bu OCHLdagi g‘alaba ulushidan 3 baravar kamdir. Ya’ni «Nasaf»ning OFK kubogi guruh bos­qichidagi 3ta g‘alabasi ko‘pi bilan 4 ochko keltiradi: 3 - g‘alabalar uchun, 1 - «pley-off»ga chiqqani uchun. AGMK endi shu 4 ochkoni 2ta o‘yinda ta’minlashi mumkin - bittasida g‘alaba qozonib, ikkinchisida durang qayd etsa, kifoya. Bundan tashqari, olmaliqliklarda ko‘proq ochko jamg‘arish uchun guruh bosqichida yana 4ta o‘yin bor. Darvoqe, O‘zbekiston reytingda 4-o‘rinni saqlab qolishi uchun «Paxtakor» va AGMK­ning BAA vakillari - «Sharja» va «Shabab Al-Ahli»ga qarshi kechadigan o‘yinlari alohida ahamiyat kasb etadi. Agar jamoalarimiz amirlik vakillaridan yuqoriroq o‘rinni egallasa, 2023 yil uchun «2+2» kvotasi kafolatlanadi. To‘g‘ri, endilikda «Paxtakor» guruhida reyting nuqtai nazaridan yana bir prinsipial raqib bor - Iroqning «Al-Quva Al-Javiya»si. Shunday ekan, endi barchasi klublarimizning o‘ziga bog‘liq.

* * *

- OCHL guruh bosqichi startiga bir hafta qolgan pallada OFK Goada o‘tadigan «E» guruhi o‘yin­lari vaqtiga o‘zgartirish kiritdi. Avvaliga o‘yinlar soat 17:00 va 20:30ga belgilangan bo‘lsa, endi raqamlar mos ravishda 20:00 va 22:30ga almashdi. Bundan maqsad - «Persepolis», «Ar-Rayyan» va «Al-Vahda» futbolchilariga Ramazon oyida iftorlikdan keyin maydonga tushish imkonini berish.

Alisher NIKIMBAYEV, «Futbolium»

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:17, 14.04.2021.
O'qildi: 5017 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.