Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Viktor Jalilov: «Joriy mavsum bunday yomon o‘yin o‘tkazmagandik»

Viktor Jalilov: «Joriy mavsum bunday yomon o‘yin o‘tkazmagandik»

Baho:
+ | -

"Navbahor" bosh murabbiyi Viktor Jalilov "Turon"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (0:) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi navbatda, muxlislarimizdan uzr so‘ramoqchiman. Juda yomon o‘yin o‘tkazdik. Joriy mavsum bunday yomon o‘yin o‘tkazmagandik. Albatta, bu holatimiz yaxshi emasligidan dalolat. To‘pni yo‘qotishdan qo‘rqish, to‘p o‘tkazib yuborishdan hayiqish kuzatilmoqda. AGMK va "Lokomotiv" bilan bahslardagi o‘yin yo‘q. Bularning bari ruhiy holat bilan bog‘liq deb o‘ylayman.

Raqib yaxshi shakllangan jamoa. "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda mojaroli gol o‘tkazib yuborishgandi, "Lokomotiv" bilan o‘yinda g‘alabani boy berishgandi. "Turon"dagi tashkilotchilik va o‘yindan kelib chiqsak, uning hozir egallab turgan o‘rni o‘ziga mos emas. Albatta, bugungi xatolarni o‘rganib chiqamiz, kamchiliklarni bartaraf etamiz. Jamoamizning uchta o‘yindan buyon g‘alaba qozonmayotgani, ishonchning yo‘qolayotganidan dalolat. Bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Agar bugun darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi.

AGMK va "Paxtakor" bilan o‘yinlardan keyin futbolchilarimizning o‘ziga ishonchi ortishiga umid qilgandik. Ammo, afsuski, futbolchilarimizda o‘zlariga ishonch yetishmayapti. Bu meni ham hayron qoldirmoqda. O‘rta chiziq va hujumdagilar negadir o‘zlarini ko‘rsata olishmayapti.

Hujumchilar masalasidagi savolga vaziyatning o‘zi javob berib turibdi. 6 ta o‘yinda o‘yindan atigi 2 ta gol urdik. Panshanbe va Isoqjonovning gollaridan boshqa gol urolmadik. Shundan ham muammo ko‘lami qandayligini bilib olish mumkin", - deya fikrlarini yakunladi Viktor Jalilov.

Manba: https://t.me/fcnavbahor
Kiritildi: 23:09, 16.04.2021.
O'qildi: 2077 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик