Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Baxtiyor Ashurmatov: «O‘ylaymanki, yigitlar mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishadi»

Baxtiyor Ashurmatov: «O‘ylaymanki, yigitlar mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi "F" guruhi 1-tur doirasidagi "Yangiyer" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida qo‘qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

— Bugun “Yangiyer” jamoasida g‘alabaga bo‘lgan xohish va ishtiyoq kuchlilik qildi. Shuning hisobiga ular oxirigacha kurashib, g‘alaba qozonishdi. Mehnatlari evaziga g‘alaba qozongan “Yangiyer”ni tabriklayman.

— Jamoangiz o‘tgan turda “Metallurg” bilan bahsda ham, bugun ham oxirgi daqiqada gol o‘tkazib yutqazdi...
— Afsuski, o‘sha paytda xavfli vaziyat ham emasdi. Darvozabonlarda bunday holatlar bo‘lib turadi, kutilmaganda gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda to‘p nazorati borasida bizga nimadir yetishmadi. “Yangiyer” oxirigacha kurashdi. Natijada hisobni tenglashtirishib, oxirida g‘alaba golini ham urishdi. Kubok doirasidagi guruhda biz qiyin vaziyatga tushib qoldik. Yana ikkita o‘yinimiz bor. O‘sha uchrashuvlarda vaziyatni to‘g‘rilashimiz kerak.

— Superliga bilan Pro-liga jamoalarini taqqoslab ko‘rdingizmi? Qandaydir farqlarini sezdingizmi?
— “Yangiyer” jamoasining “Buxoro” bilan o‘yinini ham ko‘rgandik. Shuningdek, “Olimpik” klubiga qarshi uchrashuvini ham kuzatgandik. “Yangiyer”da yaxshi saviyadagi futbolchilar borligi hamda ishtiyoqi kuchliligini ko‘rgandik. Bugungi o‘yin paytida 1:0 hisobida yutayotganimizda baribir jamoamiz Superliga vakili ekanligi bilinib turdi. Keyin bo‘shashdikmi, “Yangiyer” oxirigacha kurashib, o‘zida kuch topa oldi va haqqoniy g‘alabaga erishdi. Bu mavsumda Pro-liga klublari ham yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishyapti. Bugungi o‘yin buni ko‘rsatib berdi. Kubok bahslarida bunday hisoblar ko‘p uchrab turadi. Boshqa chempionatlarda ham pastki liga klublari elitadagi jamoalarga qarshi boshqacha ishtiyoq bilan o‘ynashadi.

— “Mash’al” “Metallurg”ni yutdi. Qaysi jamoani guruhdan chiqishi mumkin deb o‘ylaysiz?
— Bugungi o‘yindan keyin har bir jamoada imkoniyat bor deb o‘ylayman. “Yangiyer” bugun uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Biz qiyin ahvolga tushib qolgan bo‘lsak ham oldimizdagi ikkita o‘yinda vaziyatni to‘g‘rilashimiz kerak. Hamma klublarda imkoniyat teng.

— Jamoangizning so‘nggi oltita o‘yiniga fikringiz?
— Uyimizdagi uchrashuvlarda oxirigacha harakat qilyapmiz. Vaziyatlardan foydalana olmasligimiz qimmatga tushyapti. “Metallurg” bilan bahsda oxirida gol o‘tkazib yubordik. Yigitlar mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishadi va keyingi uchrashuvlarga boshqacha o‘yin namoyish etishadi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 23:05, 21.04.2021.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик