Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mirjalol Qosimov: «Kambek? Ko‘p narsa xohish va ishtiyoqqa bog‘liq»

Mirjalol Qosimov: «Kambek? Ko‘p narsa xohish va ishtiyoqqa bog‘liq»

Baho:
+ | -

AGMK - "Shabab Al Ahli" (2:1) ishtirokidagi OCHL 3-turi doirasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoaning tarixiy g‘alabasi va mag‘lubiyatdan keyin ularga dalda bo‘lgan ishqibozlar haqida gapirdi.

"Fursatdan foydalanib kecha tug‘ilgan kunini nishonlagan jamoamiz futbolchisi Dilshod Jo‘rayevni va bugun tavallud kunini nishonlaydigan yordamchi murabbiy Xayrulla Karimovni jamoamiz nomidan tabriklayman. Ularga sog‘lik, oilaviy baxt va omad tilayman.  

O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, ikki jamoaga ham g‘alaba muhim edi. Yutuq ishtiyoqida maydonga tushgandik. O‘tgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatga qaramasdan futbolchilar o‘yinga to‘g‘ri yondashishdi va yaxshi tayyorlanib, OCHL guruh bosqichidagi ilk g‘alabani tantana qildik. Bu ham kichik tarix. G‘alaba seriyasi ochilganidan xursandmiz. Raqib "Shabab Al Ahli" yaxshi, kurashuvchan va shiddatli futbol namoyish etadigan jamoa. O‘ylashimcha, bugungi o‘yin yaxshi darajada o‘tdi. Ikkinchi taymda jamoamiz o‘yinni kuchaytirdi va bu jihat bellashuv yakuniga borib o‘z samarasini berdi. Xursandmiz. Lekin bu g‘alabani esdan chiqarib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Hali hammasi oldinda. Fursatdan foydalanib bizga ishongan va o‘tgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatga qaramasdan jamoamizni qo‘llab-quvvatlab, dalda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik barcha futbol muxlislariga katta rahmat aytamiz. Va ularni g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Kambek? Men nafaqat o‘yin so‘nggida, balki uchrashuv avvalidan oldinga intilish va g‘alaba uchun kurashishni ko‘rsatma bergandim. O‘yin so‘nggiga yaqin himoyaga o‘tirmasdan hujumga ko‘proq intilish kerakligini ta’kidlagandim. Futbolda 5 daqiqa ichida ko‘p narsa ruy berishi va voqealar rivoji butunlay o‘zgarib ketishi ham mumkin. Masalan, 1999 yilgi YECHL finalini eslaylik. O‘shanda MYU "Bavariya" darvozasiga qo‘shib berilgan 3 daqiqa ichida 2ta gol urib, g‘alabani ilib ketgandi. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Shu boisdan ham qo‘shib berilgan daqiqalarni himoyada o‘tkazmasdan oldinga o‘tishni ta’kidladim. Kambeklarning siri yo‘q. Ko‘p narsa xohish va ishtiyoqqa bog‘lik. Futbolni majburan o‘ynab bo‘lmaydi", — dedi Qosimov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 06:40, 22.04.2021.
O'qildi: 4830 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.