Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Rasman! «Barselona» Superligada qoladi!

Rasman! «Barselona» Superligada qoladi!

Baho:
+1 | -

«Barselona» klubi Yevropa superligasi borasida o‘z pozisiyasini rasman ma’lum qildi.

«Barselona» Yevropaning ko‘pgina katta klublari fikriga qo‘shiladi: tizimga islohotlar kerak. Boz ustiga, hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni inobatga olganda, futbol uchrashuvlari sifatini oshirish orqali jahon futbolining yashab ketishi va moliyaviy barqarorligini kafolatlash uchun islohotlar juda ham zarur.

Shundan kelib chiqib, «Barselona» direktorlar kengashi Superliganing ta’sischi-a’zosi bo‘lishi taklifini qabul qildi. Ushbu turnir jahondagi futbol muxlislariga jozibador va sifatli mahsulot taklif qilishni maqsad qilgan. Bu esa "Barselona"ning ajralmas prinsiplaridan biri hisoblanadi.

Superligada qolish qarori qat’iyatlik bilan qabul qilindi. Undan voz kechish tarixiy xato bo‘lardi. Jahonning yetakchi klublaridan biri sifatida biz hamisha ilg‘or bo‘lishga intilib kelganmiz.

Mazkur loyiha bo‘yicha jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda «Barselona» ushbu noroziliklar sababini chuqur tahlil qiladi hamda futbol olami manfaatlari uchun barcha masalalarni hal qiladi. Chuqur tahlil uchun esa vaqt talab etiladi. Shoshqaloqlik bilan qaror chiqarmaslik uchun sovuqqonlikni saqlab qolishimiz zarur.

Sud Superliga ta’sischi-klublari tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida huquqiy yordam taqdim etgani ham muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, asossiz bosim va qo‘rqitishlar ta’siri ostida qaror qabul qilishni noto‘g‘ri deya hisoblaymiz.

Shunga qaramay, «Barselona» masalaning mohiyatini juda yaxshi tushunib turibdi. Jamoa ehtiyotkorlik bilan ish tutadi va klub muxlislaridan sabrli bo‘lishni va klubning qarorini hurmat qilishni so‘raydi», – deyiladi "Barsa" bayonotida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:31, 22.04.2021.
O'qildi: 10109 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.