Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Alisher Shog‘ulomov: "Jamoalar saviyasidagi farq sezildi"

Alisher Shog‘ulomov: "Jamoalar saviyasidagi farq sezildi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Navbahor" O‘zbekiston kubogi guruh bosqich birinchi turida o‘z maydonida "Oq-tepa"ni qabul qildi va 3:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi Alisher Shog‘ulomov ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi taymda to‘p nazorati biz tomonda bo‘ldi. Keyinchalik esa jamoalar saviyasidagi farq sezildi, penaltidan so‘ng gol o‘tkazib yubordik. Qolgan vaziyatlarda futbolchilarning xatosi pand berdi.

Braziliyalik futbolchimizda kichik jarohat bor edi, o‘yinoldi mashg‘ulot payti uning jarohati o‘z so‘zini aytdi. Shuning uchun uni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Birinchi bo‘limda bizda hisobni ochish uchun imkoniyat bo‘ldi, ammo undan foydalana olmadik. Tarkibimizda ro‘za tutgan futbolchilar ham bor edi, ularga buni taqiqlashga haqqimiz yo‘q, albatta. Keyingi o‘yinda, poytaxt derbisida "Olimpik"ni yutamiz, - dedi Alisher Shog‘ulomov.

Kiritildi: 23:39, 22.04.2021.
O'qildi: 2192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик