Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La Liga bosh sovrini uchun kurash avjida

La Liga bosh sovrini uchun kurash avjida

Baho:
+ | -

La Ligada mavsum yakunlanib borayotgan bir paytda 3 ta klub bosh sovrinni qo‘lga kiritishga deyarli bir xil imkoniyatga ega. O‘rganib qolganimiz "Barselona" so‘nggi 10-15 yil ichida bu sovringa yaqqol da’vogar bo‘lar edi. Bazida "qirollik klubi"ning ko‘ngli Ispaniya chempionligini tusab qolmagan taqdirda, ko‘proq "ko‘k-anorranglilar" bu sovrinni deyarli o‘ziniki qilib olayotgan edi. Ayni dam bu sovringa kim yaqinroq deb o‘ylaysiz? Yakunda kim mazkur turnir g‘olibi bo‘ladi? Demak, farazlar aralash, shaxsiy yondashuvga doir fikrlar bilan o‘rtoqlashib o‘tamiz.

"Atletiko"

Mazkur jamoaning ham yurtimizda ayni dam yetarlicha muxlislari mavjud va agar ayni dam ular ko‘proq ochko to‘plaganiga qaramay, "Real" va "Barsa" bilan imkoniyatlari bir xil desam o‘sha muxlislar xafa bo‘lmasa kerak. Bir necha tur avval Simione shogirdlarini allaqachon chempionga chiqarib qo‘yganlar ham bor edi, ammo ketma-ket ochko yo‘qotishlardan so‘ng, ortdagi ikki grand "Atetiko"ga yetib oldi. Klub stabillik namoyish eta olmayotgan va o‘rtamiyona jamoalarga ochko ulashayotgan bir paytda, ular tomonda bo‘lgan 1-2 ochkolik ustunlikni o‘ta darajada minimal deb hisoblasak ham bo‘ladi.

"Real Madrid"

El-klasiko"dagi g‘alabadan so‘ng tarozi pallasi "Real" tomonga og‘gandek taassurot qoldirdi. Aslida, bu bir illyuziya yo bir yolg‘on taassurot bo‘lib chiqdi yoki umuman madrid klubi shunchaki kichik bir xatoga yo‘l qo‘ydi desak ham bo‘ladi. Ayni dam ular matematik imkoniyatlar bo‘yicha uchinchi bo‘lib turibdi, lekin Zidan kabi "grossmeyster" bor ekan matematik xisob-kitoblar ham ish bermay qolishi mumkin. Zidan o‘tgan mavsumda ham xuddi shunday poygada "Barsa"ni maxf etib ketgan edi, ammo Kataloniya klubi mavsum yakunida yaxshi temp olmoqda va yana "Atletiko" ham "chempion bo‘laman" deb turibdi. Shunday ekan, o‘tgan yilgi ssenariy takrorlanishi ehtimoli biroz past.

"Barselona"

"Barselona" "el-klasiko"ni boy berdi va klubda bir qarashda imkoniyatlar pasayib ketgandek tuyuldi, ammo klub qayta oyoqqa tura oldi. "Real"ning ochko yo‘qotishi ham qisman bunga sabab bo‘ldi. Ispaniya kubogini yutgan "blaugrana" endi La Liga uchun kurashib ko‘radi. Co‘nggi turda ular "Xetafe"ni 5-2 hisobida mag‘lub etdi. Navbatdagi bahslardagi 100 foizlik natija klubni chempion qiladi. Chunki, raqiblar ichida aynan peshqadam "Atletiko" ham bor. Shu kayfiyatda va shunday darajada o‘yin ko‘rsatsa buni amallasa bo‘ladi.

Ana endi bir o‘ylab ko‘ring, mazkur vaziyatda qaysi jamoani yaqqol favorit sifatida ko‘rsata olasiz? Xolis baho bergan taqdirda, barcha klublar teng imkoniyatlarga ega. Bu esa muxlislar uchun esa juda qiziq. Xullas Xayrulla Xamidov aytganidek: "qip-qizil cho‘g‘ga burkangan La Liga hali beri ortga chekinmaydi".

                                                                            Xudayqulov KARIM tayyorladi

Kiritildi: 12:18, 24.04.2021.
O'qildi: 5232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.