Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Visente Del BOSKE: «Zidan muxlislar ishonchini to‘la oqlamoqda»

Visente Del BOSKE: «Zidan muxlislar ishonchini to‘la oqlamoqda»

Baho:
+ | -

O‘z vaqtida futbolchi va murabbiy sifatida «Real» sharafini munosib himoya qilgan taniqli mutaxassis navbatdagi Klasiko arafasida El Larguero dasturi orqali futbol olamidagi vaziyatga baho berib o‘tgandi. Ulkan tajriba sohibining ehtiyotkorlikka yo‘g‘rilgan donishmandlarga xos mushohadasi nechog‘li haq ekanligi kun sayin oydinlashmoqda. Marhamat, bo‘lib o‘tgan o‘yinlar natijalari ispaniyalik afsona fikrlarini qay darajada tasdiqlaganligini taqqoslab ko‘ring.

Klasiko haqida

- Bu o‘yinda ichki chempionatimizdagi nisbatan yaqqolroq yetakchi nomi ma’lum bo‘ladi. Biroq oldinda bir necha tur bellashuvlari kutib turibdi. Shu bois, juda ehtiyotkor bo‘lishimiz shart. Men «Sevilya»ni hisobdan chiqarishga ham shoshilmagan bo‘lardim - 8 ochko unchalik katta farq emasligini hammamiz yaxshi bilamiz.

«Barselona» va «Madrid» haqida

- Shanba oqshomidagi bellashuv arafasida mening fikrimcha, yaqqol favorit yo‘q - g‘alaba har qaysi jamoaga nasib etishi mumkin. Uy va safar uchrashuvlari o‘rtasidagi tafovutni yaxshi bilamiz. Ammo hozir stadionlar bo‘m-bo‘sh. G‘olibni faqat taxmin qilish mumkin.

«Real» haqida

- Qaysidir o‘yinga yuksak darajadagi sport formasida kelishni ta’minlay oladigan resept hech bir murabbiyda mavjud emas. Shu sababli, doimo, ayniqsa, mavsumning ayni qizigan pallasida hushyorlikni boy bermaslik muhim ahamiyatga ega.

Ingliz futboli gegemonligi haqida

- Yaqinda biz ingliz futbolining ustunligi va ispan futbolining qadr-qimmati pastroqligi xususida bahslashgandik. Ammo tez orada «Real» «Liverpul» to‘sig‘idan osonlik bilan forig‘ bo‘lganligi guvohiga aylandik. Biror-bir fikrni olg‘a surishda «etti o‘lchab, bir kesgan» ma’qul.

Zayniddin Zidan haqida

- U «Real» muxlislarining barcha istaklarini ro‘yobga chiqarmoqda. «Qirollik klubi»dagilarning ishonchi u uchun juda muhim. Zidan ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hozir ham bor malakasini safarbar etgan holda o‘z vazifasini risoladagidek ado etmoqda.

Zidanning alohida xislati haqida

- Har qaysi murabbiyning o‘z uslubi bor, u tobora murakkablashib bormoqda. «Madrid» chorshanba-yakshanba tizimida to‘p suradi. Bu o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lmasdan, yakshanbadan yakshanbagacha faqat mashq qilishdan osonroq.

Ramosning shartnomasi uzaytirilishi haqida

- Bu mening vakolatimdagi savol emas. Klub va futbolchining o‘ziga yarasha manfaatlari mavjud. Ular umumiy kelishuv asosida qaror qabul qilishlari lozim.

Kilian Mbappe haqida

- U o‘zgacha o‘yinchi - ulkan jismoniy quvvat sohibi. Hal qiluvchi pallada o‘zini namoyon etadi. Kilian - transfer bozoridagi eng sara o‘yinchilardan biri.

«Madrid»dagi faoliyati haqida

- «Madrid» safida o‘ynash uchun mablag‘dan voz kechish? O‘ylashimcha, futbolchilar pul topishni va o‘zlarini yaxshi his etadigan jamoada o‘ynashni istaydilar.

Messidagi charchoq haqida

- Leo o‘zidagi charchoq alomati yoki yomon sport formasi belgilarini oshkor etmaydi. Balki qandaydir pasayish onlari ham bo‘lar, qatorasiga ikki yakshanbada gol ura olmasa, uning davri yakunlanib qoldi, deydiganlar topilib qolar. «Barselona» o‘yinida Messining ta’siri juda kuchli. Hamonki, u talab darajasida to‘p surar ekan... qaysi jamoa sharafini himoya qilishidan qat’iy nazar, u ispan futboli uchun o‘ta muhim o‘yinchi.

Ramosning rekordlari haqida

- Uning ko‘rsatkichlari ijobiy. Nazarimda, biz ham natijalarni qayd etganmiz. Shunaqangi muhim rekordlarni o‘rnatadigan va uchrashuvlar sonini ko‘paytirishda davom etayotgan o‘yinchilar ispan futboli dovrug‘ini oshiradilar, ravnaqiga hissa qo‘shadilar.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:37, 26.04.2021.
O'qildi: 3678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.