Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Neymar: «PSJ» — Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri»

Neymar: «PSJ» — Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri»

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Neymar Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qiyin o‘yin bo‘ladi. Chempionlar ligasining ushbu bosqichida oson uchrashuvlar bo‘lmaydi. «Manchester Siti» — safida ajoyib futbolchilar yig‘ilgan a’lo darajadagi klub. «Bavariya»ga qarshi qiyin bo‘lganidek, bu raqibga qarshi bahslar ham qiyin kechadi. Ammo biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va g‘alaba qozonish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz.

Men o‘zimni ruhan va jismoniy jihatdan yaxshi his qilyapman. Biz bu to‘qnashuvga tayyormiz. Jamoamning g‘alaba qozonishi va finalga chiqishi uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilaman.

Bu yerga kelganimdan buyon jamoamiz o‘zgarganini his qildim. Biz Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan birimiz. Bizni raqiblarimiz hurmat qilishadi, ketma-ket ikkinchi mavsumda yarim finalga chiqyapmiz. Klub rivojlanishda davom etyapti. Jamoa yanada o‘sishi va ko‘proq sovrin yutishi uchun ishlashda davom etamiz.

«PSJ»ga kelganimda, Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni maqsad qilgandim. O‘tgan mavsumda biz ilk marta finalda o‘ynadik. YECHLda g‘olib chiqish uchun bizda barcha xislatlar bor. O‘yinchilar, xodimlar. Biz ko‘p ishlayapmiz, muhit esa ajoyib», — dedi Neymar.

«PSJ» — «Manchester Siti» uchrashuvi 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 18:47, 27.04.2021.
O'qildi: 2473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик