Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Shuhrat Maqsudov: «Qiziqarli o‘yin bo‘lishi oldindan ma’lum edi»

Shuhrat Maqsudov: «Qiziqarli o‘yin bo‘lishi oldindan ma’lum edi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan «Nasaf» - «Bunyodkor» (1:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov ishtirok etdi.

"So‘zim avvalida «Nasaf»ga OFK Kubogida zafarlar tilab qolaman! Bugun qiziqarli o‘yin bo‘lishi oldindan ma’lum edi. Afsuski yana ilk daqiqalardan xatoga yo‘l qo‘ydik. O‘z xatomiz sababli gol o‘tkazib yubordik. 20-daqiqalardan so‘ng yigitlar o‘yinni o‘z qo‘liga oldi. Xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirish borasida mezbonlardan ustunlik qildik. «Nasaf» bilan ochiq futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Biz Qarshida o‘ynadik. Shuni ham inobatga olish kerak. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng yo‘qotadigan narsamiz qolmadi va hujumga o‘tdik. Javob golini urgan Mirjahonni ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytira olishiga ishongandim. Uni o‘rinbosarlar safida o‘ynab yurgandan beri bilaman.

Yil boshida jamoamizda futbolchilar borasida muammo paydo bo‘lgan edi. Olti nafar asosiy o‘yinchimiz jamoani tark etdi. Ularning uch nafari himoyachi edi. Ketganlarning o‘rnini to‘ldira olmadik. Hozir himoyada ham, hujumda variantlarni o‘zimizni akademiyadan qidiryapmiz.

Jim turgan odam befarq bo‘ladi. Men esa befarq emasman. O‘yin vaqtidagi asabiylik, e’tirozlar faqat o‘z shogirdlarimga nisbatan va bu oddiy hol. Lekin buni noto‘g‘ri talqin qilayotganlar ham bor. Bu futbol", — dedi Maqsudov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 23:32, 28.04.2021.
O'qildi: 2137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.