Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (7-0, 6 KO) o‘zining navbatdagi jangini 19 iyun kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.

Bu haqda Golden Boy promouterlik kompaniyasi ma’lum qildi. Jang AQSHning Texas shtatida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik bokschiga shu kuni Gabriel Rosado (25-13, 14 KO) raqib bo‘ladi.

35 yoshli amerikalik bokschi faoliyati davomida Charles Uittaker va Gennadiy Golovkin kabi mashhur bokschilar bilan jang qilgan.

Meliqo‘ziyev so‘nggi jangini fevral oyida o‘tkazib, unda Morgan Fitchni (19-5-1, 8 KO) nokaut evaziga taslim etgandi. Rosado esa 2020 yilning noyabrida Deniel Jeykobsga (36-3, 30 KO) yutqazib qo‘ygandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:30, 29.04.2021.
O'qildi: 6378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик