Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yosh avlod ulg‘ayishini kutamiz

Yosh avlod ulg‘ayishini kutamiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro miqyosdagi turnirlarda to‘yib-to‘­yib o‘ynash - barcha klublarga nasib etavermaydigan jarayon. Turli muddatlarda «uy-safar» tizimida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda endi «ishtaha» ochilgan pallada vaqt tugab qoladi. Qolaversa, «uy-safar» tizimi jamoalarning haqiqiy potensialini ko‘rsatib berolmaydi, baribir. Shu ma’noda aytsak, OCHL guruh bosqichining ixcham turnir ko‘rinishida tashkillashtirilgani ayni muddao bo‘ldi. Vaqt va reklamalar tufayli qaysidir serialni bir o‘tirishda tomosha qiladigan kishilar hayotda ko‘p uchraydi. Futbol muxlislari uchun OCHL guruh bosqichi shunday qulaylik yaratdi. Ular Osiyo chempionatini tomosha qilayotgandek sezishmoqda o‘zlarini. Bu kabi majburiy qulaylik uchun OFKga rahmat. Koronavirusga emas, albatta. Goho shu kabi majburiyatlar ortida qandaydir hikmat yashiringan bo‘ladiki, biz buni bilmaymiz. Faqat fursat o‘tishi bilan ko‘p jihatlar ko‘zga tashlanib, xulosa chiqarish imkoni tug‘iladi.

Mana, «Paxtakor» va AGMK arab-fors-tojik jamoalari bilan qanday raqobatlashayotganini ko‘ryapmiz. Xulosa chiqarish uchun shuning o‘zi yetarli, bizningcha. Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Xitoyning grand klublariga qarshi bu daraja bilan o‘ynamagan ma’qul. Hozirgi holat futbolchilarning o‘sishi va tajriba orttirishi uchun kifoya. Dastlabki katta xulosa shuki, futbolimizda mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan, ya’ni shaxs darajasidagi futbolchilar chiqishi kamyob hodisaga aylanib ulguribdi. «Paxtakor» misolida olib qarasak, Sardor Rashidov vaqti o‘tganini bildirib qo‘ymoqda. Shu turnirda liderlik namoyish etishi kutilgan Aziz Turg‘unboyev va Sharof Muhiddinov o‘z imkoniyatlari darajasida to‘p surishmayapti. To‘g‘ri, har ikki futbolchi jamoaga hali kirishib ketmagandir. Lekin bu jarayon ularni oqlamaydi aslo. Hammasi ijrochining o‘ziga bog‘liq. Mashaqqatlarni yengib, o‘z imkoniyatlarini ko‘rsata bilish uchun OCHL guruh bosqichi - taqdir tuhfasi. Shunday vaziyat boshqa bo‘ladimi yoki yo‘q -  buni hech kim bilmaydi.  Sharof va Aziz birgalikda maydonga tushib, tandem hosil qilishsa, barchasini Piter Xyuistraga isbotlashsa, «Paxtakor»ning ham «ketmoni uchishi» aniq. Afsuski, buning uchun har ikki iste’dodli futbolchida tashabbus va yetakchilikka intilish ishtiyoqi yetishmayapti. Ha, yetakchiga aylanish oson emas. Futbolimizni yaqin tarixida Odil Ahmedov yetakchi bo‘lish va o‘zini tan oldirish uchun qanday kurashganini bir eslaylik. Har qaysi jamoada ham yangi futbolchini qo‘llab-quvvatlashga amalda kafolat yo‘q. Katta maqsadga kuchli iroda orqali erishiladi. Superligada to‘p surish nisbatan oson. OCHL guruh bosqichi - haqiqiy sinov maydoni.

Anzur Ismoilov va Yegor Krimes haqida gapirish noo‘rin. Ularning bori - shu. Har ikkisi goho shunday xatolarga yo‘l qo‘yadiki, nima deyishni ham bilmay qoladi kishi ajablanganidan. Shuning uchun oxirgi turda «Paxtakor» Anzur Ismoilov va Yegor Krimes, Farrux Sayfiyev va Sherzod A’zamov, Dragan Cheran va Eren Derdiyoksiz maydonga tushsa, yana bir bor yoshlarning imkoniyatlariyu, shijoatini ko‘rardik ayovsiz raqobatda. Shu yoshlar - terma jamoamiz kelajagi. Natijadan qat’iy nazar, ularning maydonga tushishlari futbolimiz uchun foydaliroqdir.

Tan olish kerak, yuqori me’yorlar bilan qaralsa, futbolimizning ahvoli anchayin g‘aribona. Albatta, saviya ma’nosida. Ikkinchi tomondan, yosh avlodning shashti baland. Ulardagi shijoat sabab muxlislar mag‘lubiyatlardan ortiqcha aziyat chekishmayapti. Hozircha shu avlod ulg‘ayishini kutishga majburmiz...

Muhammad VALI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:09, 29.04.2021.
O'qildi: 3681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.