Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Dinamo» - «Surxon» uchrashuvida iftorlik va namoz o‘qish uchun sharoit yaratiladi

«Dinamo» - «Surxon» uchrashuvida iftorlik va namoz o‘qish uchun sharoit yaratiladi

Baho:
+ | -

Bugun, 29 aprel payshanba kuni O‘zbekiston kubogi yakuniy 3-turi doirasida «Dinamo» jamoasi o‘z maydonida Superliga vakili «Surxon» klubini qabul qiladi. Ikki jamoa shu kuni «B» guruhi g‘olibligi uchun maydonga tushadi.

Havo haroratining ancha issiq ekani hamda Ramazon oyida aksariyat futbolchilar va muxlislar ro‘zador ekanligi munosabati bilan «Dinamo» stadionida o‘tadigan bugungi o‘yin avvaldan belgilanganidek soat 18:45da boshlanadi. Birinchi bo‘limdan keyin ro‘zadorlarning ro‘zasini ochishi inobatga olingan. Buning uchun bir qator savobtalab, saxovatpesha insonlar o‘yinda ro‘zadorlarga suv tarqatishni niyat qilishgan.

Shuningdek, bir qator faxriy muxlislarning talab va istaklari inobatga olgan holda avvalgi o‘yinlarda bo‘lgani kabi «Dinamo» - «Surxon» uchrashuvi 1-bo‘limidan keyin o‘yingohda namozxonlar uchun Shom namozini ado etishlari uchun sharoit yaratiladi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:50, 29.04.2021.
O'qildi: 1923 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик