Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Aktyor Umid Irgashev bilan “ISHQ O‘YINLARI” seriali xaqida intervyu

Aktyor Umid Irgashev bilan “ISHQ O‘YINLARI” seriali xaqida intervyu

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Intervyular

1. “Ishq o‘yinlari” serialining s’yomka jarayonlari boshqa davlatda, ya’ni Turkiyada bo‘lgan, bu jarayon sizda qanday kechdi?

Albatta, s’yomkalar O‘zbekistondan tashqarida, boshqa davlatda bo‘lganiga, qolaversa, baribir boshqa joy, boshqa insonlar bo‘lgani uchun ham, o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bo‘ldi. Ammo, ijod jarayoni juda zavqli kechdi.

 

2. Serialdagi qahramoningizning aynan qaysi jihatlari sizga yoqdi?

Qahramonimning xarakteri o‘ziga xos, u haqiqatgo‘y, har doim haqiqat uchun kurashadigan, o‘z oldiga qo‘ygan, belgilagan maqsadi yo‘lidan ketadigan yigit. Uni o‘zi to‘g‘ri deb bilgan narsadan, hech kim chalg‘ita olmaydi. Maqtanish emasu, lekin qahramonimning xarakteri hayotda o‘zimga yaqin.

 

3. Turk aktyorlari bilan birga rol ijro etish, sizda qanday taassurotlar qoldirdi?

Turk aktyorlari bilan birga rol ijro etish, menda juda katta taassurot qoldirdi. Ularning ijro mahorati menga juda ham yoqdi. Ulardan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p.

 

4. Partnyoringiz turk aktrisasi, u bilan jarayon qanday kechdi? Bir-biringizni qanday tushundingiz? Yoki turk tilini yaxshi bilasizmi?

Partnyorimni qalban his qildim! U qizni, serialdagi rolda sevib qola oldim. Shuning uchun ham, sevgi sahnalarida uni tushunmasam ham, qalban his qilib ijro qildim. Qalban his qilib ijro qilganim uchun, bu ikkimizga ham qiyinchilik tug‘dirmadi. Uning qahramonini sevib qololganim uchun ham, uni s’yomka jarayonida qabul qildim. Tushuntirib berishga juda ham qiyin bo‘lgan tuyg‘ular bilan rol ijro qilishimga to‘g‘ri keldi.

 

5. O‘zingiz Turkiya seriallari muxlisimisiz?

Turk seriallarini, maza qilib, yaxshi ko‘rib tamosha qilaman.

 

6. “Ishq o‘yinlari” serialida jang sahnalari ko‘proq edi, qiynalmadingizmi?

S’yomkadan oldinroq Turkiyaga borib, u yerda aktyor va kaskadyor Bekzod aka bilan bir hafta davomida jang sahnalariga maxsus tayyorgarlik ko‘rdik. Shuning uchun ham, jang sahnalarida unchalik qiyinchilik sezmadim.

 

7. Hayotda qaysi sport turi bilan shug‘ullanasiz?

6-7 sinfda o‘qiyotgan vaqtlarimdan boshlab, katta tennis bilan professional ravishda shug‘ullanib kelyapman.

 

8. “Ishq o‘yinlari” serialidagi holatga, hayotda tushib qolsangiz, aynan qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?

Menimcha, o‘z qahramonimdan ko‘ra, ozgina qo‘rqqan bo‘lardim. Sababi, qahramonim, o‘z yurtida emas, boshqa davlatda! Yana uni juda ham xavfli insonlarga qarshi ketishi, uning kuchli tarafi, deb bilaman. Men esa, hayotda bundan sal qo‘rqqan bo‘lardim, chunki, bizda O‘zbekistonda, Alhamdulilloh, jinoyat olamlari, yoki bunday quroldan foydalanishlar bo‘lmaganligi uchun, tinch davlat bo‘lganligi uchun, tug‘ilgandan buyon shu yoshga kirgunimga qadar, o‘q ovozini eshitmaganmiz. Mahallamizda, yoki Toshkentda “quroldan otildi” degan so‘zni ham eshitmaganmiz. Shuning uchun, ham bunday holatlar qo‘rqinchliroq bo‘lishi mumkin.

 

9. Ijodiy rejalar bormi?

Hozirda yana aktyorlik mahorati bo‘yicha o‘z ustimda ishlab, ijro mahoratimni oshiryapman. Yana boya yuqorida aytganimdek, (kulib) sal semizlik bilan ham kurashib, ya’ni vaznimni biroz kamaytirish harakatidaman. Xudo hohlasa, shu kamchiliklarni to‘g‘rilashim bilan yana yaxshi-yaxshi seriallarda, rollar ijro qilib, xalqimizni xursand qilish niyatim bor. O‘zbekiston xalqiga, jonajon vatandoshlarim, muxlislarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik baxt-omad tilab qolaman.

Aktyor Umid Irgashevning "wikipedia"da sahifasi: https://en.wikipedia.org/wiki/Umid_Irgashev

Kiritildi: 16:18, 01.05.2021.
O'qildi: 4038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик