Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Manchester Yunayted» «Old Trafford»da o‘tkazilgan namoyish yuzasidan bayonot berdi

«Manchester Yunayted» «Old Trafford»da o‘tkazilgan namoyish yuzasidan bayonot berdi

Baho:
+-1 | -

«Manchester Yunayted» Angliya Premyer Ligasining 34-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi uchrashuv qoldirilganligi munosabati bilan bayonot berdi.

"Kechagi voqealarda ko‘plab muxlislar o‘zining norozilik bildirish huquqidan foydalanishni va o‘z pozisiyasini tinch yo‘l bilan ifoda etishni xohladi, ammo ba’zilar jamoaning tayyorgarligini va o‘yinning o‘tkazilishiga xalaqit qilishni istadi, buni ularning Lowry Hotel mehmonxonasi va stadiondagi harakatlari tasdiqlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida namoyishchilar stadion va maydonga klub xodimlari tomonidan ochib berilgan darvozalar orqali kirib borishga muvaffaq bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga mos emas.

Stadion oldidagi to‘siqlar va xavfsizlik ustunlarini yorib o‘tgan ba’zi namoyishchilar darvozadan oshib o‘tib, tribunaning yon eshigini ochdi va boshqalarning ham maydonga kirishiga imkon yaratdi.

Namoyishchilar imkoniyati cheklanganlar uchun mo‘ljallangan liftning eshigini buzgach, ikkinchi yo‘lak paydo bo‘ldi. Bu esa bir guruh odamlarga tribunaga chiqish imkonini berdi.

Aksariyat muxlislarimiz yetkazilgan zararni, shuningdek, klub xodimlari, polisiya yoki boshqa muxlislarga nisbatan har qanday zo‘ravonlikni qoralaydi, endi bu ish bilan polisiya shug‘ullanadi.

Klub tinch yo‘l bilan namoyish o‘tkazganlarning jazolanishini istamaydi, ammo jinoiy harakatlarga aloqadorlarni aniqlashda polisiya bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, klub har qanday aniqlangan klub a’zolari yoki mavsumiy chiptalar egalariga nisbatan o‘z sanksiyalarini qo‘llaydi", — deyiladi «Manchester Yunayted» bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 2 may, yakshanba kuni minglab «Manchester Yunayted» muxlislari «Old Trafford» stadioni (maysa ustida ham) va uning atrofida klubga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasiga qarshi norozilik o‘tkazdi va oqibatda jamoaning «Liverpul»ga qarshi o‘yini noma’lum muddatga qoldirildi. Uchrashuvning yangi sanasi hamon e’lon qilingani yo‘q.

33-turdan keyin «Manchester Yunayted» 67 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi, jamoa peshqadam «Manchester Siti»dan 13 ochkoga ortda qolmoqda. «Liverpul» esa 54 ochko bilan 6-pog‘onani band etgan. Agar mazkur uchrashuvda «Liverpul» g‘alaba qozonganida, «Siti» chempionlikni tantana qilgan bo‘lardi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 04:14, 04.05.2021.
O'qildi: 6859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.