«Tottenhem» sobiq murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.
«Roma» klubi kelasi mavsumdan boshlab jamoani Joze Mourinyo boshqarishi e’lon qildi. Portugaliyalik mutaxassis Paulo Fonsekaning o‘rnini egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo A Seriya chempioni bo‘lgan «Inter»da ham faoliyat olib borgan. Yaqinda bergan intervyusida «neradzurrilar» raqobatchisidan kelgan taklifni rad etmayman deb aytgandi.