Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Taqdir: Bir yil oldin «Tottenxem» kiperi, endi…

Taqdir: Bir yil oldin «Tottenxem» kiperi, endi…

Baho:
+ | -

Hayotning ishlari qiziq-da... Mishel Vorm bir yilcha oldin ham «Tottenxem» darvozaboni edi, endi u - o‘z mamlakati Niderlandiya qishloqlaridan biridagi sartaroshxona sohibi. Futbolchilik faoliyati chakki chiqmagan golkiper 2020 yilning oktyabr oyi oxirida qo‘lqoplarini mixga ilishini e’lon qildi. Aslida u 2019 yil yozdayoq xayrlashuvga yaqin edi - «Tottenxem» bilan shartnomasi muddati tugagach, o‘ziga munosib yangi klub topolmagandi.

Qarangki, mavsum-2019|2020 startidan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, kuzda «Tottenxem»ning asosiy darvozaboni Ugo Lyoris jiddiy jarohatga yo‘liqib, ma’lum muddatga safdan chiqdi va Vormning faoliyati yana bir yilga cho‘zildi. To‘g‘ri, niderlandiyalik kiper 6 yil «shporlar» ixtiyorida bo‘lib, bu oraliqda APL doirasidagi atigi 13ta o‘yinda qatnashdi. Aytish o‘rinli, Mixelning o‘zi o‘tgan yoz ham futboldan ketish haqida jiddiy o‘ylamagandi: «Endi Niderlandiyadan tashqariga chiqmaslik borasida aniq to‘xtamga kelgandim. Faqat Eredizionda o‘ynashim mumkin edi. Juda iloji topilmasa, Belgiya chempionatiga yo‘l olardim... Ammo takliflar tushgani yo‘q, keyin futbolchilar bo‘m-bo‘sh tribunalar ostida qanday o‘ynayotganlarini kuzatdim va shu asnoda ketish uchun eng qulay vaqt kelganini angladim. Faoliya­tim davomida ichki imkoniyatimni qay darajada ishga solganim va iqtidorimdan nechog‘li foydalanganimni bilmayman. Har doim avvaliga «A» variantini tanlagan va keyinchalik aslida «B» yaxshiroq bo‘lganini o‘ylaganman. Lekin yana bir tomoni borki, «Tottenxem»da menga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo‘lishdi. Shunday yondashuv ta’sirida hattoki, atigi ikkinchi darvozabon ekanligim haqida ko‘pam bosh qotirganim yo‘q».

Vorm endi qadrdon uyida yashamoqda. Uning xonadoni Utrext shahri tevaragidagi so‘lim go‘shada. Bu qishloqchada atigi 6 mingga yaqin aholisi bor. Sobiq kiper hozir u yerda asli otasiga qarashli shaxsiy sartaroshxona ishlarini yurgizmoqda. E’tiborli tomoni, endilikda ushbu kichik salon mijozlari manikyur va turli xizmatlardan foydalanish barobarida miriqib futbol tomosha qilish imkoniyatiga egalar. «Yo‘q, birovning sochini o‘zim olmayman. Mijozlarga bevosita xizmat ham ko‘rsatolmayman. Ammo bolaligimda aynan shu sartaroshxonada otamga yordam berardim. To‘g‘ri, o‘shanda asosan xonani tozalab chiqardim. Qarang, aylanib-aylanib, yana shu yerga kelib qoldim. Hayotim charxpalagi bir bora aylandi...», - deydi Mishel Vorm.

A. AHMEDOV  tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 06:27, 05.05.2021.
O'qildi: 3644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.